Siyosat

Oʻzbekistonning YEOIIga aʼzo boʻlishi ustida astoydil muzokaralar endi boshlandi - Neʼmatov

© Sputnik / Fotobankka oʻtishFlag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YEAES)
Flag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YEAES) - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Jahon savdo tashkilotiga kirish masalasi boʻyicha muzokara olib bormoqda.

TOSHKENT, 14 fev – Sputnik. Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Jahon savdo tashkilotiga kirish masalasi boʻyicha astoydil muzokaralar endi boshlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Mustafayev Otabek - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
YEOIIga qoʻshilish Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligiga qanday taʼsir qiladi

"Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan beri 120 tadan ortiq xalqaro tashkilotga aʼzo. Albatta, har bir tashkilotda Oʻzbekistonning oʻzini manfaati bor va unga kirishdan oldin biz uning ijobiy va salbiy tomonlarini yaxshilab oʻrganganmiz. Oʻrgangandan keyin, oʻzimizni manfaatimizni koʻzlagan holda oʻsha tashkilotga kirganmiz. Qanday taklif boʻlmasin, albatta, u taklif chuqur oʻylab chiqilgandan keyin, taroziga qoʻyilgandan keyingina qaror qabul qilinadi", - deb taʼkidladi diplomat.

Neʼmatovning soʻzlariga koʻra, hozirda Oʻzbekistonning YEOII va JST singari tashkilotlarga aʼzo boʻlishi masalasi ustida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari boshchiligidagi katta guruh ishlamoqda.

"Astoydil muzokaralar endi boshlandi. Oʻzbekiston manfaatlarini birinchi galda hamma tomondan himoya qilib, kelishganimizdan keyingina aʼzo boʻlamiz", - deb qoʻshimcha qildi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yil kuzda mamlakatning YEOIIga qoʻshilish masalasini ishlab chiqish haqida topshiriq bergandi. Mamlakatda bu integratsiyaning foydali va salbiy tomonlari muhokama qilinib, tahlil qilinmoqda.

YEOII - 2015 yil 1 yanvardan boshlab faoliyat koʻrsatuvchi, xalqaro integratsiya iqtisodiy birlashma hisoblanadi. Ittifoq tarkibiga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston kiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala