Peterburgda o‘zbekistonlik o‘zi suvga itarib yuborgan ayolni qutqaraman deb cho‘kib ketdi

Obuna bo‘lish
63 yoshli erkak mast bo‘lganligi taxmin qilinmoqda. Jabrlanuvchini o‘z vaqtida suvdan chiqarib olishga ulgurishgan.

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik bir ayolni daroga itarib yubordi, so‘ngra uni qutqaraman deb cho‘kib ketdi. Bu haqda RIA Novosti shahar FVV BB ma’lumotlariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Hodisa tunda  Admiralteyskiy tumanidagi Fontanka darosi sohilida ro‘y bergan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 63 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ayolni to‘siqdan oshirib otib yuborgan. Erkak mast holatda bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.

Bir payt u nima ish qilib qo‘yganini anglagan va cho‘kib borayotgan ayolga turli vositalar bilan yordam berishga uringan. So‘ngra o‘zi ham suvga sakragan.

Ayolni FVV yetib kelgunga qadar suvdan olib chiqishgan. U Mariinsk kasalxonasiga haddan tashqari sovqatish tashxisi bilan olib ketilgan.

Erkakni suvda bir soat qidirishgan. Uni qidirish uchun g‘avvoslar jalb qilingan. Biroq qutqarishga muvaffaq bo‘lishmagan.

“Fontanka” nashri xabariga ko‘ra, halok bo‘lgan va jabrlanuvchi tanish bo‘lishgan. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik shu tumanda hovli tozaligiga qarovchi bo‘lib ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0