Jamiyat

Ikkinchi jahon va afgʻon urushi qatnashchilari uchrashdi

© Foto: press-slujba obʼyedineniya VETERAN.Sostoyalas vstrecha uchastnikov Vtoroy mirovoy i afganskoy voynы.
Sostoyalas vstrecha uchastnikov Vtoroy mirovoy i afganskoy voynы. - Sputnik Oʻzbekiston
Uchrashuv gʻalabaning 75 yilligi hamda cheklangan kontingent harbiy qismlarining Afgʻoniston hududidan olib chiqilganligining 31 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan.

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. 15 fevral kuni Afgʻoniston nogiron faxriylari Rossiya uyushmasida Ikkinchi jahon urushi hamda Afgʻon urushi qatnashchilarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston "Veteran" jangchi faxriylari birlashmasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Gʻalabaning 75 yilligi hamda cheklangan kontingent harbiy qismlarining Afgʻoniston hududidan olib chiqilganligining 31 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan uchrashuvda Oʻzbekiston “Veteran” jangchi faxriy va nogironlari Birlashmasining faxriylari ishtirok etishgan.

Toshkentda faxriylarga “Gʻalabaning 75 yilligi” medallari topshirildi

Ishtirokchilar fashizmga qarshi koʻrsatilgan jasoratlar, Rossiya, Yevropada jang qilib, Berlinning ishgʻol etilishi, Afgʻonistonda yigitlarning terrorizmga qarshi kurashib, oʻtmishdagi Ittifoq davlatining janubiy hududlarini qanday himoya qilganliklari haqidagi xotiralar bilan oʻrtoqlashishgan.

© Foto: press-slujba obʼyedineniya VETERAN.Sostoyalas vstrecha uchastnikov Vtoroy mirovoy i afganskoy voynы.
Ikkinchi jahon va afgʻon urushi qatnashchilari uchrashdi - Sputnik Oʻzbekiston
Sostoyalas vstrecha uchastnikov Vtoroy mirovoy i afganskoy voynы.

Shuningdek, bugungi kunda xalqlar doʻstligi, yoshlarni Vatanga boʻlgan muhabbat ruhida tarbiyalash borasidagi qilinayotgan ishlar haqida soʻz yuritilgan.

Uchrashuv soʻngida rossiyalik faxriy veteranlarga Oʻzbekiston "Veteran" Birlashmasining Fargʻona viloyati boʻlimi rahbari Muxsinjon Moʻminxonov tomonidan milliy hunarmandchilik namunalaridan iborat esdalik sovgʻalari hamda faxriy yorliqlar topshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala