Jamiyat

Oʻzbekistonga Volgaboʻyi hududlaridan sovuq va nam havo kirib keladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSneg v Tashkente
Sneg v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Volgaboʻyi hududlaridan nam va sovuq havo oqimining kirib kelishi munosabati bilan mamlakatda hafta davomida ob-havo sharoitlari oʻzgarib turadi.

TOSHKENT, 17 fev – Sputnik. Volgaboʻyi hududlaridan nam va sovuq havo oqimining kirib kelishi munosabati bilan mamlakatda hafta davomida ob-havo sharoitlari oʻzgarib turadi. Bu haqda Oʻzgidromet axborot xizmati maʼlum qilmoqda. 

Festival vozduxoplavaniya v Meksike - Sputnik Oʻzbekiston
Qashqadaryoda 20ta havo shari uchiriladi

Qayd etilishicha, joriy yilning 17-fevral kuni, yaʼni bugun respublikaning katta qismida ob-havo yogʻingarchiliksiz, harorat 5-10 daraja iliq atrofida boʻladi.

Biroq kechga borib, mamlakatga Volgaboʻyi hududlaridan nam va sovuq havo oqimi keladi. Natijada hafta davomida ob-havo sharoitlari oʻzgaruvchanligi kuzatiladi. 

Jumladan, bugun - 17 fevral kuni bulutlar koʻpayib, tunda mamlakatning shimoliy tumanlariga nisbatan boshqa qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutiladi. Havo sovib, yomgʻir va qor yogʻishi mumkin.

Bu ob-havo sharoiti - ertaga 18 fevralda kun davomida kuzatiladi. Havo harorati ertaga kechasi 0-5 daraja iliq, kuduzi esa 3-8 daraja iliq boʻladi.

Ish haftasining oʻrtasida  sovuq havo oqimining taʼsiri ayniqsa, kechasi hali sezilib turadi, tungi harorat 1-3 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi quyosh payshanbaga kelib haroratni 10-15 darajagacha ilitadi.

Ish haftasining oxirida ob-havo sharoiti yana oʻzgaradi. 21 fevral - Juma kuni mamlakat hududining katta qismida yomgʻir yogʻadi. Shuningdek, shimoliy tumanlarda ham yogʻingarchilik kutiladi.

Respublikaning Toshkent, Samarqand Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Fargʻona vodiysidagina yogʻingargarchlik kutilmaydi. Tungi harorat 0-5 daraja iliqqacha koʻtariladi, kunduzi 10-15 daraja atrofida boʻladi.

“Oʻzgidromet” axborot xizmatiga koʻra, bunday harorat oyning shu davri uchun xos boʻlgan oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan bir oz yuqori.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala