Dunyoda

Xitoyda “koronavirusga uchragan” pullar yoʻq qilinadi

© Sputnik / Aleksandr Demyanchuk / Fotobankka oʻtishKitayskiye banknotы nominalom v 100, 50, 20,10 i 5 yuaney
Kitayskiye banknotы nominalom v 100, 50, 20,10 i 5 yuaney - Sputnik Oʻzbekiston
Banknotlarning bir qismi dezinfektsiyadan oʻtkazilib, 14 kunlik karantinga joylashtirladi. Guanchjoy bankidagi markaziy bank boʻlimi bunday qarorga keldi.

TOSHKENT, 18 fev – Sputnik. Xitoy hukumati koronavirusni toʻxtatish boʻyicha yangi strategiyani maqullashdi: “zaharlangan kupyuralar” yoʻq qilinadi, boshqa qismi esa dezinfektsiya qilish haqida qaror qabul qilindi.

Vspыshka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal novыy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Koronavirusni pul va uyali telefon orqali yuqtirish mumkin – olimlar

Bu haqda Global Times gazetasi Xitoy hukumat saytiga asosan xabar qildi.

Epidemiyaga eng koʻp uchragan tumanlardagi shifoxona, bozor va jamoat transportidan olingan pullar yoʻq qilinadi. Yoʻq qilinadigan banknotalar miqdori haqida maʼlumot ochiqlanmagan.

Qolgan pullar ultrabinafsha nurlar yordamida dezinfektsiyadan oʻtkaziladi va ikki haftalik karantinga joylashtiriladi.

Yoʻqotilgan pul birliklar oʻrnini toʻldirish uchun Xitoy markaziy banki yangi banknotalar ishlab chiqaradi. Xususan, yanvarda bank Uxanga yangi banknotalar shaklida 4 milliard yuan ajratdi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yangi koronavirus bilan 73 ming kishi kasallandi, 1873 kishi halok boʻldi, 12,5 mingdan ortiq kishi sogʻayib ketdi.

Eslatib oʻtamiz, olimlar koronavirusni pul va uyali telefon orqali yuqtirish mumkinligini maʼlum qilgani haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala