Samarqandda tibbiy niqob narxining oshib ketganligi yuzasidan izoh berildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishProdaja meditsinskix masok v aptekax
Prodaja meditsinskix masok v aptekax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand shahridan kelib tushgan murojaatga ko‘ra, ushbu hudud dorixonalarida tibbiy niqoblar tanqisligi va narxining keskin oshishi holati yuzaga kelgan.

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Samarqand shahar dorixonalarida tibbiyot niqoblari tanqisligi yuzasidan mijozlardan murojaat Sputnik O‘zbekiston muxbiriga kelib tushdi.

Ta’kidlanishicha, mijozlar ko‘plab dorixonalarda niqob yo‘q degan javobni olishmoqda.

Vernuvshiyesya iz Kitaya uzbekistansi vishli iz karantina - Sputnik O‘zbekiston
Uxandan olib kelingan o‘zbekistonliklar va xorijliklarga javob berildi

Murojaat yuzasidan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 15 ga yaqin tibbiy yuz niqobi ishlab chiqaradigan korxonalar mavjud bo‘lib, hozirgi kunda to‘liq quvvat bilan ishlab turibdi. Ammo niqobga bo‘lgan ehtiyoj yuqori bo‘lgani va buyurtmalar ko‘pligi sababli dorixonalarda aynan shu mahsulot narxining oshganligi holati kuzatilgan.

Bu esa rejadan ortiq ishlab chiqarish bilan ham bog‘liq jarayon bo‘lib, halq dardidan o‘ziga foyda qilayotgan noinsof kimsalar tomonidan aholi uchun juda zarur bo‘lgan tibbiy buyumlari oshirilgan narxlarda sotilmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi matbuot xizmatiga ko‘ra, yuz niqoblarini belgilangan narxlardan yuqori narxlarda sotish holatlari haqida Iste’molchilar huquqini himoya qilish agentligiga ma’lum qilish mumkin.

Xususan, Iste’molchilar huquqini himoya qilish agentligi veb-saytida dori vositalari va tibbiy buyumlar narxini asossiz ravishda oshirgan dorixonalarning farmatsevtika faoliyati to‘xtatilishi borasida rasman ogohlantirish e’lon qilingan.

“Shu o‘rinda farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlardan dori vositalari va tibbiy buyumlarga narx belgilash tartibiga, litsenziya talablari va shartlariga qat’iy rioya qilishlarini so‘rab qolamiz”, – deydi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati xodimlari.

Yangiliklar lentasi
0