Parhezshunos kimga energetik ichimlik ichish taqiqlanishini aytdi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishProdaja energeticheskix napitkov
Prodaja energeticheskix napitkov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Alkogolsiz energetik ichimliklarini iste’mol qiladiganlar suvsizlanish, tishlar bilan bog‘liq muammolar, gipertoniya va diabetga yo‘liqadi. Internet bunday dahshatli xabarlar bilan to‘lib toshgan.

TOShKENT, 20 fev - Sputnik. Energetik ichimliklarni inson salomatligi uchun zararsiz deb atash mumkin, ammo miqdori, shakar va bir qator “surunkali kasalliklarni” hisobga olish talab etiladi. Bu haqda Sputnik radiosiga parhezshunos va ovqatga qaramlikni davolash mutaxassisi Ivan Alimenko so‘zlab berdi.

Alkogolsiz energetik ichimliklarini iste’mol qiladiganlar suvsizlanish, tishlar bilan bog‘liq muammolar, gipertoniya va nihoyat diabetga yo‘liqadi. Internet bunday dahshatli xabarlar bilan to‘lib toshgan. Ivan Alimenko ular unchalik to‘g‘ri emas deb hisoblaydi.

Ovqatga qaramlikni davolash mutaxassisi tanadagi bunday noxush oqibatlar haqiqatan ham yuz berishi mumkinligiga amin.  Bashartiki energetiklar chelaklab ichilsa. Ivan Alimenko dastlab sog‘lom odam energetikning bir qutisidan qo‘rqmasa bo‘lishiga aniqlik kiritdi.

“Agar sizda surunkali kasalliklar bo‘lmasa, unda energetiklarda mutlaqo xavfli narsa yo‘q. Agar siz sog‘lom bo‘lsangiz, energetik sizga zarar qilmaydi. Savol iste’mol qilish meyorida. Agar siz chelaklab ichmasangiz, unda hech qanday yomon joyi yo‘q. Agar sizda tor surunkali kasalliklar bo‘lsa, unda ichimlikni haddan tashqari iste’mol qilish zararli bo‘lishi mumkin. Xuddi shunday gipertoniyada ham, bosimni ko‘tarilmasligi uchun ichish rejimini cheklash kerak”, - deydi parhezshunos.

Energetiklar kislotalilik darajasini oshirish orqali oshqozonga zarar yetkazishi mumkin. Shuningdek, energiya oshqozon osti bezi reaksiyasini keltirib chiqarishi mumkin. Ammo ko‘pchilik sog‘lom odamlar uchun bu unchalik qo‘rqinchli emas, deb tushuntiradi Ivan Alimenko.

Vinni Piner - Sputnik O‘zbekiston
Talaba energetik ichimlikni haddan ziyod iste’mol qilishning dahshatli oqibatlarini ko‘rsatdi

Alkogolsiz energetik ichimligidagi sog‘liq uchun asosiy xavf shakar hisoblanadi. Mutaxassis aynan u ko‘plab kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkinligini aytdi.

"Energetiklarning aksariyati shakar bilan. Buning sabablaridan biri glyukozaning o‘zi energergetikdir. Energetik iste’mol qilganda, bizning qonimizdagi shakar ko‘tariladi va biz quvvatimiz oshganini his qilamiz. Bu eneregetiklarning mexanizmlaridan biridir. Bunda kofeindan tashqari, tetiklik berishi uchun shakar ishlatiladi. Energetikning 100 grammidagi bir yarim choy qoshiq shakar - bu kam ham va kam ham emas, ammo bu oddiy shakar, diabet bilan kasallanganlar uchun xavflidir", - deb tushuntirdi parhezshunos.

Energetiklarni iste’mol qilishdan birgina foydasi - quvvatning vaqtincha ko‘tarilishi. Bu yerda ta’sir qahva beradigan quvvat singari. Farq faqatgina shundaki, qahvaning zarari kamroq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0