Suriyada AQSh va Rossiya zirhli avtomobillari ishtirokida mojaro sodir bo‘ldi - video

Obuna bo‘lish
Suriyada AQSh va Rossiya zirhli avtomobillari harakatlanishi vaqtida sodir bo‘lgan mojaro videosi paydo bo‘ldi.

TOShKENT, 20 fev – Sputnik. Internetda Suriyada videoga olingan,  Rossiya va AQSh zirhli mashinalari ishtirokida sodir bo‘lgan mojaroning videosi paydo bo‘ldi, RIA Novosti xabariga asosan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, voqea Suriya shimoli-sharqidagi Qamishli shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Videoda Rossiya harbiy avtomobillari kolonnasi va 2ta AQSh bronemashinasi harakatlanayotgani aks etgan. Rossiya bronemashinasi AQSh zirhli mashinasini quvib o‘tmoqchi bo‘lganda, u “Tigr”ga yo‘l bermasdan yo‘l chetiga siqib chiqarib yuboradi. Shundan so‘ng ikkala avtomobil ham to‘xtaydi.

AQSh Markaziy qo‘mondonligi ushbu voqeani izohlamadi. Rossiya tomon xabariga ko‘ra, biroz oldin, AQSh harbiylari va mahalliy aholi orasida mojaro sodir bo‘lgan, AQSh harbiylari aholiga qarata o‘q uzgan. Natijada 14 yoshli bola qurbon bo‘lgan va yana bir kishi yaralangan. Shundan so‘ng mahalliy aholi AQSh harbiy kolonnasi yo‘lini to‘sib qo‘ygan. Vaziyatga Rossiya harbiylari aralashib, AQSh harbiylar kolonnasini huddudan chiqib ketishini ta’minlagan.

Yangiliklar lentasi
0