Analitika

Ekspert yangi aviatashuvchilarni qanday jalb qilish mumkinligini aytdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishDirektor nauchnogo tsentra ekonomicheskogo monitoringa, analiza i prognozirovaniya Gosudarstvennogo nauchno-issledovatelskogo instituta grajdanskoy aviatsii Aleksandr Fridlyand
Direktor nauchnogo tsentra ekonomicheskogo monitoringa, analiza i prognozirovaniya Gosudarstvennogo nauchno-issledovatelskogo instituta grajdanskoy aviatsii Aleksandr Fridlyand - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Monitoring, tahlil va prognozlash ilmiy markazi direktori, MDTU professori Aleksandr Fridlyand yoʻlovchi tashish yoki yuk hajmini oshirish uchun aviakompaniyalarga imtiyoz va chegirmalar berish boʻyicha Rossiya tajribasi haqida gapirdi.

Oʻzbekistonda aviabozor rivojlanishi davlat darajasida davom etmoqda. Yangi kompaniyalarni tashkil etish bilan bir qatorda, xorijiy tashuvchilarni, shu jumladan charter parvozlariga ixtisoslashgan kompaniyalarni jalb qilish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Shunday qilib, Oʻzbekiston 300 oʻringa moʻljallangan samolyot bilan yoʻlovchilar tashilgan taqdirda, mavsumga qarab 6 mingdan 15 ming dollargacha qoplab beradi.

Rossiyalik mutaxassisning soʻzlariga koʻra, kompaniyalarni mamlakatning aviatsiya bozoriga jalb qilishning shunga oʻxshash amaliyoti RFda ham amalga oshiriladi, ammo chegirmalarni aeroportlar oʻzlari taqdim qilmoqdalar.

"Rossiyada bu koʻproq aviakompaniyalar yoki yoʻlovchilarni jalb qilishdan manfaatdor boʻlgan aeroportlar orqali ishlaydi, shuning uchun shunday ichki hujjat ishlab chiqilmoqda-ki, bunda, misol uchun, maʼlum uchish massasi boʻlgan bortlar uchun chegirmalarni taʼminlanishi nazarda tutiladi. 300 oʻrinli parametr - variantlardan biridir, lekin bir vaqtning oʻzida shuncha yoʻlovchilarni olib kela oladigan samolyotlar koʻp emas. Bu texnik nozik farqlarni aniqlashtirib olish kerak", - dedi Fridlyand.

Sputnik Oʻzbekiston podkastida mutaxassisning batafsil izohini tinglashingiz mumkin.

Fridlyand rasskazal, kak privlech novыx aviaperevozchikov v stranu
Yangiliklar lentasi
0