Jamiyat

Google, Facebook va Yandex oʻz serverlarini Oʻzbekistonda joylashtirishi mumkin

© AFP 2022 / LEON NEALLogotip Google
Logotip Google - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bu internet foydalanuvchilari tomonidan audio, video, dasturiy taʼminot va kontentning boshqa turlarini yuklab olish tezligini oshirishga yordam beradi.

TOSHKENT, 21 fev – Sputnik. Oʻzbekiston Google, Facebook va Yandex bilan ushbu kompaniyalarning serverlarini mamlakatda joylashtirish boʻyicha muzokaralar olib boradi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari Olimjon Umarovning soʻzlariga koʻra, bu respublikadagi foydalanuvchilar uchun Internetdan foydalanish tezligini oshiradi.

Uning qoʻshimcha qilishicha, dunyoning yirik internet xizmatlarini kompaniyalari tomonidan server uskunalarini lokalizatsiyasi amalga oshiriladi.

"Bu Internet-foydalanuvchilarning ushbu xizmatlar taqdim etadigan audio, video, dasturiy taʼminot va kontentning boshqa turlarini yuklab olish tezligini oshiradi", - deydi Umarov.

Bir necha kun oldin Yandeksning Oʻzbekistondagi sobiq mintaqaviy direktori Yevgeniy Lukyanchikov Facebook'dagi oʻz postida respublikada “digital-suitsid” holatlari haqida gapirdi.

Uning fikriga koʻra, Oʻzbekiston rivojlanishining koʻplab sohalaridan farqli oʻlaroq, raqamli iqtisodiyotda 2017 yilda WhatsApp va Skype’ning bloklanishi, oʻtgan yili YouTube va Facebook’ning bloklanishi, shuningdek, bu yil Google’ga soliq joriy etilishi tufayli “digital-suitsid” holatlari kuzatilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0