TOSHKENT, 21 fev – Sputnik. Oʻzbekistonlik shifokorlar butun mamlakat boʻylab insultni davolashda Rossiya apparatidan foydalanish taklif qilindi.
"Kalashnikov" kontserni tomonidan ishlab chiqarilgan VIRSAR ATG–01 Rossiya terapevtik gipotermiya apparatini joriy etish taklif qilinmoqda.
“Ushbu qurilma odamni nafaqat hayotini, balki aql-idrokini ham saqlab qolishi mumkin,” - deydi Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi neyroxirurgiya reanimatsiyasi boʻlimi boshligʻi Xurshid Xamidjanovich Dadayev.
Shifokor taʼkidlashicha, bu Gʻarb analoglaridan farqli oʻlaroq, aynan Rossiya qurilmasi insultni davolashda "oldinga qadam bosish, bemorlarga yana ham samaraliroq yordam koʻrsatishga imkon beradi".
VIRSAR ATG–01 ishlash tamoyili - miyani tananing umumiy sovishini rivojlantirmasdan kamida 29 ° C gacha boʻlgan haroratgacha boshqarishga asoslangan. Shlem-krioapplikator yordamida sovutiladi. Qurilma miya yarmi poʻstlogʻi haroratini 1,5-2 ° S gacha, davomiyligi 8 soatdan ortiqligida - 4-6 °S ga tushirishga imkon beradi.
Sovuq shikastlanish oʻchogʻiga bevosita taʼsir qiladi, neyronlarning metabolizmini pasaytiradi, hujayra membranalarining mustahkamligini oshiradi, ularning kislorodga boʻlgan ehtiyojini kamaytiradi. Natijada, bu ularni hayotga layoqatliligini yanada oshiradi, miyadagi qaytariladigan oʻzgarishlar jarayonini sezilarli uzaytiradi va shuningdek bemorning najot topish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi.