Hodisalar

“Behayo video tomosha qildingiz, jarima toʻlang!”: IIV firibgarlardan ogohlantirdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka oʻtishRabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Soʻnggi paytlarda pornografik foto va video tomosha qilishda goʻyoki IIV fuqaroni 200 ming soʻm va undan ziyod miqdorda jarimaga tortgani haqida xabarlar paydo boʻlmoqda.

TOSHKENT, 26 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi fuqarolarni internetdagi firibgarlik haqida ogohlantirdi.

Qayd etilishicha, soʻnggi paytlarda pornografik foto va video mahsulotlarni targʻib qiluvchi internet resurslaridan foydalanish jarayonida goʻyoki IIV tomonidan u 200 ming soʻm (ayrim hollarda 300 000 soʻm) miqdorida jarimaga tortilgani haqida xabarlar paydo boʻlmoqda.

Unda jarimani “Webmoney” orqali davlat hisobiga toʻlash lozimligi, aks holda qurilmada saqlangan kontaktlarga foydalanuvchining behayo videolarni koʻrganligi haqida hodisa bayoni yuborilishi keltirilgan.

Shuningdek, foydalanuvchilarning interneti bloklab qoʻyilgani haqida ogohlantirish boʻlgan.

© Press-slujba MVDMinisterstvo vnutrennix del Uzbekistana preduprejdayet o moshennichestve
“Behayo video tomosha qildingiz, jarima toʻlang!”: IIV firibgarlardan ogohlantirdi - Sputnik Oʻzbekiston
Ministerstvo vnutrennix del Uzbekistana preduprejdayet o moshennichestve

IIV vazirlik tarkibida “Kiberjinoyatlarga qarshi kurash boʻlimi” nomi bilan faoliyat yurituvchi boʻlim yoki boʻlinma mavjud emasligi maʼlum qildi.

Qolaversa, “Webmoney” toʻlov tizimida IIV tarkibiy va hududiy tuzilmalari elektron hamyonlariga ega emas.

“Shunga muvofiq, fuqarolarimizni internet tarmogʻidan foydalanayotganda bu kabi salbiy holatlarga duch kelmasligi uchun firibgarlarning aldoviga ishonib qolmaslikka chaqiramiz”, - deyilgan xabarda.

Vazirlik mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotganini qoʻshimcha qilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda yangicha “moliyaviy piramidalar” paydo boʻlayotgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0