TOSHKENT, 26 fev – Sputnik. Koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat musulmonlar tomonidan Haj va Umra safarlarini amalga oshirilishiga taʼsir qilmadi, hozircha ziyorat boʻyicha hech qanday cheklovlar yoʻq. Bu haqda Rossiya Muftiylar kengashi raisi birinchi oʻrinbosari Rushan Abbyasov RIA Novosti’ga maʼlum qildi.
“Hozircha hech narsa oʻzgarmagan. Oʻylaymanki, Saudiya Arabistoni ziyoratchilar butun dunyodan kelishini tushungan holda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun zarur choralarni koʻrmoqda. Hozircha bizga hech qanday cheklovlar haqida xabar berilmadi. Shunga koʻra, Hajga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda: boʻlajak ziyoratchilardan zarur hujjatlar yigʻilmoqda, mehmonxonalar bron qilinmoqda, aviachiptalar sotib olinmoqda va hokazo”, - dedi Abbyasov.
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya musulmonlari koronavirusning tarqalishi Xitoyda ham, butun dunyoda ham toʻxtaydi deb umid qilishmoqda. Hozir Hajga tayyorgarlik ishlari rejaga muvofiq olib borilmoqda, Umra ziyorati boʻyicha ham hech qanday cheklovlar yoʻq - Rossiya ziyoratchilari guruhi Makka va Madina ziyoratgohlariga ketishmoqda. Bu yil 25 ming rossiyalik hajga borishi mumkin.