TOSHKENT, 26 fev - Sputnik. Saratovdagi taʼlim muassasasida teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan ikki oʻsmir qoʻlga olindi. Ular qasddan 40 ga yaqin odamning oʻldirilishini tayyorlayotganliklarini tan olishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, voyaga yetmaganlar - 2005 yilda tugʻilgan Rossiya fuqarolari ommaviy qirgʻin mafkurasini targʻib qiluvchi Internet-jamoalarning aʼzolari boʻlishgan. Ular tashlandiq bomba boshpanasida ushlangan. U yerda ular qirqma miltiq saqlashgan.

“Aniqlanishicha, ular hujum paytida oʻqotar qurollardan tashqari internetda oʻzlari topgan yoʻriqnoma yordamida tayyorlangan qoʻlbola yondiruvchi aralashmalardan ham foydalanishni rejalashtirgan”, - deyiladi xabarda.
Saratov viloyati Tergov qoʻmitasi ushbu hodisa yuzasidan tegishli moddalar bilan jinoiy ish qoʻzgʻatdi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Federal xavfsizlik xizmati (FSB) xodimlari Kerch (Qrim) ning ikkita oʻquv muassasasida teraktlar tayyorlayotgan oʻsmirlarni qoʻlga olishgani xabar qilingan edi.