Janubiy Koreyada yuzlab odamlar tibbiy niqob uchun navbatda turibdi - video

Obuna bo‘lish
Ayni damda koronavirus keng tarqalgan davlatlar orasida Janubiy Koreya dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqdi. Bu yerda 800 dan ortiq kishida ushbu virus aniqlangan.

TOShKENT, 25 fev - Sputnik. Janubiy Koreyaning Degu shahrida yuzlab odamlar tibbiy niqob uchun navbatda turishi aks etgan video internetda keng tarqaldi, Daily Mail xabariga asosan.

Uchuvchisiz qurilmadan olingan videlavhada shahar ko‘chasida odamlar uzundan uzoq navbatda turganini ko‘rish mumkin. Odamlar shahardagi supermarketlardan biri 1,41 million dona maskani yarim narxda sotishini e’lon qilganidan keyin ushbu magazinga kelishgan.

Aytish joizki, ayni damda Janubiy Koreya koronavirus eng ko‘p tarqalgan tarqalgan dunyoda ikkinchi davlat bo‘lgan. Bu yerda 800 dan ortiq kishida ushbu virus aniqlangan. Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 2600 kishidan oshgan.

Janubiy Koreyada koronavirus o‘chog‘i aynan ushbu Degu shahrida aniqlangan. Bu yerda kasallangan ayol kishi bir necha diniy sekta majlislarida ishtirok etib 9 mingdan ortiq kishi bilan uchrashganidan so‘ng koronavirus epidemiyasi boshlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0