Hodisalar

Abxaziya koronavirus tufayli barcha xorijliklar uchun chegaralarini yopmoqda

© Sputnik / Fotobankka oʻtishFlag Abxazii
Flag Abxazii - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Taʼkidlanishicha, ushbu choralar mamlakat aholisini avj olgan koronavirusdan himoya qilish maqsadida joriy etilmoqda.

TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Abxaziya prezidenti vazifasini bajaruvchi Valeriy Bganba chet el fuqarolarining respublikaga kirishini taqiqlovchi farmonga imzo chekdi. Hujjat 1 martdan kuchga kiradi.

“2020 yil 7 apreliga qadar Abxaziya Respublikasiga xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kirishi vaqtincha cheklansin, Abxaziya xalqaro shartnomalarga muvofiq vizasiz rejim oʻrnatgan davlatlar fuqarolari bundan mustasno”, - deyiladi farmonda.

Shuningdek, 7 aprelga qadar Abxaziyaga kirishga chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga viza berish toʻxtatib qoʻyiladi.

Ushbu choralar mamlakat aholisini avj olgan koronavirusdan himoya qilish maqsadida joriy etilmoqda.

Jeleznodorojnыy vokzal v Suxumi, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Abxaziya oʻzbekistonliklarni mamlakatga kirishini vaqtincha taqiqlab qoʻydi

Avvalroq Bganba respublika idoralari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazgan edi. Unda respublikaga koronavirusning kirib kelishini oldini olish harakatlar rejasi muhokama qilingan edi.

Bganba “nosogʻlom odamning Abxaziya hududiga kirishiga yoʻl qoʻymaslik uchun” Rossiya va Gruziya bilan chegarada teplovizorlar va koʻchma klinikalarni oʻrnatishni buyurdi.

Eslatib oʻtamiz, Abxaziya 4 fevraldan “Psou” va “Ingur” nazoratdan oʻtish joylari orqali beshta davlat, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolarining kirishiga vaqtincha cheklov oʻrnatgan edi.

2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy hukumati Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga mamlakatning markaziy qismida (Xubey provintsiyasi) Uxan shahrida kelib chiqishi nomaʼlum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qoʻzgʻatuvchisini aniqladilar - bu yangi koronavirus. JSST ushbu kasallikni xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat deb tan oldi va ushbu kasallikka rasmiy - COVID-19 nomini berdi. Xitoyda ushbu kasallikka chalinganlar soni 78 mingdan oshdi, 2744 kishi vafot etdi, 32 mingdan ortigʻi davolandi. XXR tashqarisida yuqtirish holatlari, JSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, 37 mamlakatda qayd etildi, ushbu kasallikka chalinganlar soni 2790 kishiga yetgan. 44 kishi esa vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0