TOShKENT, 27 fev - Sputnik. Avstraliyalik erkak Pert yaqinidagi plyajda g‘ayrioddiy bir jonzotni topdi, deb xabar beradi Unilad.
Erkak ushbu jonzotning fotosuratini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. Foydalanuvchilardan biri topilmani plastik qop yordamida okeanga tashlab yuborishni tavsiya qildi. U buni "it qotili" ekanligini ta’kidladi.
Keyinchalik, Makquari universiteti biologiya fanlari bo‘limi professori Kulum Braun topilgan jonivor dengiz quyoni ekanligini tushuntirdi.
Dengiz quyonlari, sakkizoyoqlar singari, himoya uchun tarkibida toksinlar bo‘lgan siyohlardan foydalanadilar va itlar uchun zaharli hisoblanadi.
Avvalroq "Ciara" to‘foni Shotlandiyaning shimoliy-sharqiy sohiliga sirli dengiz jonzotining skeletini chiqargani ma’lum bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda u qaysi hayvonga tegishli ekanligi haqida tortishuvlar kuchayib ketdi. Ba’zi sharhlovchilar buni kit yoki kasatkaga tegishli deb ta’kidlashsa, boshqalari uni tulki-akulaning qoldiqlari deb taxmin qilishdi.