Siyosat

Erdogʻan Putinga Turkiyani Suriya bilan "yakkama-yakka" qoldirishni taklif etdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishSituatsiya v naselennom punkte ad-Deyr ash-Sharkiy v Sirii
Situatsiya v naselennom punkte ad-Deyr ash-Sharkiy v Sirii - Sputnik Oʻzbekiston
"Biz 2100 nafar suriya harbiylarini, 300 dona harbiy transportni, yettita kimyoviy omborxonani yoʻq qildik. Va ularni yoʻq qilishda davom etamiz", - degan Turkiya prezidenti.

TOSHKENT, 29 fev — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdogʻan oʻzining rossiyalik hamkasbi Vladimir Putindan turk qoʻshinlari va suriya hukumati armiyasi oʻrtasidagi qarama-qarshilikka aralashmaslikni soʻradi.

Mi-8 harbiy-transport vertolyoti - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Suriyaning Idlib viloyatida Rossiya vertoleti urib tushirildi

"Suriya masalasi - bu hech qachon avantyura yoki chegaralarni kengaytirishga intilish emas. Biz u yerga Asadning taklifiga binoan emas, balki Suriya xalqi taklifiga asosan kirganmiz. Va shu xalq bizga chiqib ketishni taklif etmas ekan, biz u yerdan ketmaymiz. Men Putinga: "Bizni Asad rejimi bilan yakkama-yakka qoldiring, lozim boʻlgan ishni bajaramiz", deya taklif etdim", - degan Erdogʻan Istanbulda chiqishi vaqtida.

Erdogʻan, shuningdek, Idlibda Suriya armiyasi tomonidan berilgan aviazarba oqibatida halok boʻlgan turk harbiylari soni 36 nafargacha oshganini xabar qilgan.

"Biz 2100 nafar suriya harbiylarini, 300 dona harbiy transportni, yettita kimyoviy omborxonani yoʻq qildik. Va ularni yoʻq qilishda davom etamiz", - deb qoʻshimcha qilgan Turkiya prezidenti.

Idlibdagi vaziyat 27 fevraldan keyin, "Xayyat Tahrir ash-Shosh" terrorchilari suriya armiyasi pozitsiyalariga yirik koʻlamli bosqinni amalga oshirganidan soʻng keskin tus olgan edi. Hukumat qoʻshinlari tomonidan javob zarbasi berilgan. Rossiya Mudofaa qoʻmitasi axborotiga koʻra, zarbaga jangarilar bilan birga u yerda boʻlmasligi kerak boʻlgan turk qoʻshinlari ham duch kelganlar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala