Farg‘ona-Olmaota avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

© Press-slujba Goskomturizma UzbekistanaAvtobusi, kuplennie u kitayskoy kompanii Zhengzhou Yutong Bus
Avtobusi, kuplennie u kitayskoy kompanii Zhengzhou Yutong Bus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yo‘nalishning umumiy masofasi 1202 km bo‘lib, qatnov soat 11:00 dan “Farg‘ona shahar atrofi” avtoshohbekatidan boshlanadi.

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Joriy yilning 4-mart sanasidan Farg‘ona-Olmaota yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Mejdunarodniy avtovokzal Yujnie Vorota v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiyani yana bir avtobus yo‘nalishi bog‘laydi

Ta’kidlanishicha, mazkur qatnov O‘zbekiston transport vazirligi tomonidan Farg‘onadan Qozog‘istonga boruvchi yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.

1202 km.dan iborat masofadagi yo‘nalishda harakat vaqti 22 soat 20 daqiqani tashkil etib, qatnov  “Farg‘ona shahar atrofi” avtoshohbekatidan soat 11:00 boshlanadi.

Chiptalar “Farg‘ona shahar atrofi” avtoshohbekati va “Sayran” avtovokzallarida sotiladi.

Yangiliklar lentasi
0