Istanbulda Sputnik Turkiya bosh muharriri ozod qilindi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishLogotip mejdunarodnogo informatsionnogo brenda "Sputnik".
Logotip mejdunarodnogo informatsionnogo brenda Sputnik. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘roq qilish bayonnomasida Turkiya prokuraturasi jurnalistlar harakatida jinoyat tarkibini aniqlamagani keltirilgan.

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Istanbulda qo‘lga olingan Sputnik Turkiya bosh muharriri Mahir Boztepe ozod qilindi. Bu haqda RIA Novostiga uning rafiqasi ma’lum qildi.

Shuningdek, avvalroq Anqarada qo‘lga olingan Sputnik Turkiyaning uch  nafar xodimi ham ko‘rsatma bergandan so‘ng qo‘yib yuborilgan. So‘roq qilish bayonnomasida Turkiya prokuraturasi jurnalistlar harakatida jinoyat tarkibini aniqlamagani keltirilgan. Jurnalistlar qarsaklar bilan kutib olingan.

​Sputnik Turkiyaning barcha xodimlarini Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning uning turkiyalik hamkasbi Mevlyut Chavusho‘g‘li bilan telefon suhbatidan so‘ng tezda ozod qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Anqarada Sputnik Turkiyaning uch nafar xodimining uyiga noma’lum shaxslar bostirib kirishga uringani xabar qilingan edi. Ular politsiyaga shikoyat arizasini yozgandan so‘ng aloqaga chiqmay qo‘ygan. So‘ngra 1-mart kuni Istanbulda politsiya Sputnik Turkiya tahririyatiga kelib, tintuv o‘tkazgan va bosh muharrir Mahir Boztepeni olib ketgan edi.

Yangiliklar lentasi
0