“O‘zagrotexsanoatxolding” AJga yangi rahbar tayinlandi

© Sputnik / Aleksey DrujininPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hukumat qarori bilan “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ raisligi va uning o‘rinbosarligi lavozimlarida ikkita tayinlov amalga oshirildi. Bosh vazir maslahatchisi ham o‘zgardi.

TOShKENT, 2 mar – Sputnik. Bugungacha investitsiya va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha prezident maslahatchisi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan - Nodir Sobirovich Otajonov “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvining raisi bo‘ldi. Bu haqda “Huquqiy axborot kanali” ma’lum qilmoqda.

Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Nodir Sobirovich Otajonov hukumat qarori bilan “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tasdiqlangan. Shu bilan birgalikda Otajonov "O‘zagrotexsanoatxolding" AJning yagona aksiyadori - Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2020-yil 25-fevraldagi qaroriga muvofiq jamiyat boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlangan.

Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari Umidjon Salimov esa “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvchi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Bundan tashqari, Batir Asadillayevich Xodjayev Bosh vazirning sanoat va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan. Batir Xodjayev bunga qadar iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Yangiliklar lentasi
0