Hodisalar

DBQ musiqa asbobini olib chiqmoqchi boʻlgan fuqaro videomurojaati yuzasidan izoh berdi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Fuqaro Dilshod Nazarov Facebook’dagi sahifasida videomurojaat bilan chiqib, oʻziga tegishli boʻlgan violonchel cholgʻu asbobini Oʻzbekistondan olib chiqib keta olmayotganligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 3 mar – Sputnik. DBQ violonchel cholgʻu asbobi olib chiqmoqchi boʻlgan fuqaro Dilshod Nazarovning videomurojaati yuzasidan munosabat bildirdi.

Obezyanы, kotorыx pыtalis perevezti cherez granitsu - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Baliq ozuqasi oʻrniga noyob maymunlar - Toshkent viloyatida aniqlangan holat

Xabarda aytilishicha, 2020 yil 2 mart kuni fuqaro Dilshod Nazarov oʻzining Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi shaxsiy sahifasi orqali videomurojaat bilan chiqib, oʻziga tegishli boʻlgan violonchel cholgʻu asbobini Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib keta olmayotganligini maʼlum qilgan.

DBQ fuqaro D.Nazarovning videomurojaati yuzasidan quyidagilar maʼlum qildi.

Joriy yil 2 mart kuni soat taxminan 05:40 larda “Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” uchib ketish zalida “Toshkent-Frankfurt” yoʻnalishi boʻyicha uchib ketayotgan fuqaro Dilshod Nazarov bojxona xodimi  tomonidan bojxona nazoratidan oʻtkazilgan.

“Ogʻzaki soʻrov natijasida fuqaro D.Nazarov XIX asrga tegishli boʻlgan musiqa asbobi (violonchel) borligini va ushbu musiqa asbobini oʻzi bilan birga Germaniyadan Toshkent shahrida xayriya kontserti oʻtkazish uchun vaqtincha olib kelganligini maʼlum qilgan. Bojxona xodimi ushbu musiqa asbobini olib chiqish uchun Madaniyat vazirligining tegishli ruxsatnomasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishini talab qilgan.

D.Nazarov bojxona xodimiga sanab oʻtilgan hujjatlarning birortasini ham taqdim eta olmasligini aytgan. Olib chiqish uchun asos boʻlmaganligi uchun bojxona xodimi ushbu musiqa asbobini olib chiqishga ruxsat bermagan”, - deyilgan xabarda.

Sledstvennыy izolyator, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Samarqand viloyati sobiq bojxona xodimi qamoqqa olindi

Dilshod Nazarov bilan bogʻliq holatda “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara-bojxona postida xizmat olib borayotgan bojxona xodimi  madaniy boyliklar yuzasidan soha mutaxassisi boʻlmaganligi sababli yoʻlovchiga tegishli cholgʻu asbobining madaniy boyliklar sirasiga kirishi yoki kirmasligini aniqlash yuzasidan Madaniyat vazirligining aeroport hududida xizmat olib borayotgan vakolatli mutaxassisiga murojaat qilgan. Shuningdek, mazkur mutaxassis va yoʻlovchi Dilshod Nazarovning telefon orqali muloqotini tashkillashtirgan.

Oʻzaro suhbat davomida Madaniyat vazirligining mutaxassisi ushbu  cholgʻu asbobi madaniy boylik hisoblanishini va uni sertifikat olgandan keyingina olib chiqish mumkinligini toʻgʻrisida maʼlumot bergan.

DBQ bojxona posti xodimi oʻz xizmat vakolatlaridan chetga chiqmaganligi va amaldagi qonun doirasida harakat qilganligini maʼlum qildi. Shuningdek, murojaat muallifiga madaniy boyliklarni olib chiqish masalasi yuzasidan Madaniyat vazirligiga murojaat qilish lozimligini eslatdi.

Yangiliklar lentasi
0