Dunyoda

Qodirov “asr bitimini” musulmon dunyosiga qarshi jinoyat deb atadi

© Sputnik / Said Tsarnayev / Fotobankka oʻtishGlava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadыrov
Glava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadыrov - Sputnik Oʻzbekiston
Checheniston rahbari AQSH prezidenti Donald Trampning “asr bitimi” deb ataluvchi Falastin-Isroil mojarosini tartibga solish rejasini butun dunyo musulmonlariga qarshi jinoyat deb hisoblaydi.

TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov AQSH prezidenti Donald Trampning “asr bitimi” deb ataluvchi Falastin-Isroil mojarosini tartibga solish rejasini butun dunyo musulmonlariga qarshi jinoyat deb hisoblaydi. Bu haqda u  Falastin prezidentining maslahatchisi, oliy sudya Mahmud al-Habashiy bilan uchrashuv yakunida “VKontakte” ijtimoiy tarmogʻida yozdi.

“Uchrashuv chogʻida men “asr bitimi” deb ataluvchi bitimni qoraladim, u xalqaro meʼyorlarni qoʻpol buzadi va butun musulmon dunyosiga qarshi jinoyatdir”, - deya yozgan u.

Checheniston rahbarining soʻzlariga koʻra, ular musulmon mamlakatlaridagi mojarolar Gʻarb mamlakatlari ishtirokida kuchaytirilayotgani haqida yakdil fikr bildirishgan.

Vstrecha prezidenta RF V.Putina i premyer-ministra Izrailya B.Netanyaxu  - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
"Asr bitimi" Tramp va Netanyaxuga, eng muhimi - Rossiyaga yordam beradi

Qodirovning taʼkidlashicha, baʼzi musulmon mamlakatlari xalqlari va rahbarlarining bir emasligi Yaqin Sharqdagi krizis oʻsishi uchun qulay zamin yaratmoqda.

Avvalroq Turkiya prezidenti Tayyib Erdogʻan ham AQSH rahbari Donald Tramp taklif qilgan “asr bitimini” “Isroilning Falastin yerlarini bosib olishini qonuniylashtirish” ekanini aytib, qoralagan edi.

AQSH maʼmuriyati tomonidan ishlab chiqilgan “asr bitimiga” koʻra, Quddus Isroilning ajralmas poytaxti boʻlib qoladi. AQSH falastinliklar uchun elchixonasini Sharqiy Quddusda ochadi. Falastinliklar esa oʻz hududini 2 barobarga oshirishlari mumkin boʻladi. Falastin yetakchisi Mahmud Abbos muzokaralarga rozi boʻlsa, AQSH unga davlat tashkil etishda yordam beradi.

Falastin prezidenti Mahmud Abbos AQShning “asr kelishuviga” munosabat bildirib, Quddus sotilmasligi, kelishuv esa ilgari siljimasligini maʼlum qildi. Falastin xalqi esa ushbu kelishuvni “tarixning axlat qutisiga” uloqtirib yuboradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala