TOSHKENT, 4 mar - Sputnik. Oʻzbek poyezdlarida Intranetni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.
"Buning yordamida Wi-Fi orqali yoʻlovchilar maxsus portalga ulanib, oʻzlari xohlagan dasturni tanlashlari mumkin boʻladi", - deyiladi xabarda.
Xabar qilinishicha, bu "kichik Internet" yangi tizimiga berilgan nom. Intranet Afrosiyob poyezdlarida sinov rejimida ishga tushiriladi. Kutilayotganidek, ushbu ishlanma yoʻl davomida filmlar, videolar va boshqa koʻngilochar dasturlarni tomosha qilish imkoniyati tufayli yoʻlovchilarga manzur boʻladi.
Yaqin kelajakda ushbu xizmat barcha yoʻlovchi poyezdlarida amal qilishi kutilmoqda.