Grozniyda "Axmat" va "Zenit" fanatlari mushtlashuvi - video

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishFutbol. RFPL. Match "Terek" - "Zenit"
Futbol. RFPL. Match Terek - Zenit - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zenit bosh murabbiyi so‘zlariga ko‘ra, mojaroga ayrim fanatlarning mahalliy urf-odatlarni bilmagani sabab bo‘lgan.

TOShKENT, 5 mar - Sputnik.  Kecha Grozniy shahrida bo‘lib o‘tgan futbol o‘yinida “Axmat” va “Zenit” muxlislarining ommaviy mushtlashuvi tufayli o‘yin to‘xtatildi, RT xabariga asosan.

Mehmonlar tribunasida bo‘lgan “Zenit” muxlislaridan bir necha kishi futbolkalarini yechgani “Axmat” muxlislariga yoqmadi. Ular buni mahalliy urf-odatlarga hurmatsizlik deb tushunishdi.

Shundan so‘ng yuzlab muxlislar o‘yin haqida unutib qarama-qarshi tribunalarda o‘tirgan mehmonlar tomon yugurishdi.

Stuartlar ularni to‘xtatishga harakat qilishdi. O‘yin to‘xtatildi, “Axmat” jamoasi darvozaboni va futbolchilari o‘z muxlislarini tinchlantirishga harakat qilishdi. “Zenit” jaoasi ham o‘z muxlislariga yuzlanib ularni vazminlikka chaqirdi.

Bir necha daqiqadan so‘ng futbol davom etdi, yakuniy natid 1:2 hisobida “Zenit” foydasiga hal bo‘ldi.

O‘yindan keyin ushbu vaziyat yuzasida bo‘lgan muhokamada Zenit bosh murabbiyi o‘z muxlislari bilan suhbat o‘tkazishni va’da berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaroga ayrim fanatlarning mahalliy urf-odatlarni bilmagani sabab bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0