Turizm

Oʻzbekiston koronavirusdan xoli turistik jozibador mamlakatlar roʻyxatiga kirdi

© SputnikTuristы v Uzbekistane
Turistы v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonni sayohat qilish uchun koronavirusdan xoli, turistik jihatdan jozibador mamlakatlar roʻyxatiga kiritildi.

TOSHKENT, 5 mar – Sputnik. Buyuk Britaniyaning “The Telegraph” gazetasi Oʻzbekistonni sayohat qilish uchun koronavirusdan xoli, turistik jihatdan jozibador 19 mamlakat qatoriga qoʻshdi, deb xabar qildi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi.

Televizionnыy pult - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda yangi “Turizm 365” telekanalini tashkil etish taklif qilindi

“Telegraph Travel” yozuvchisi Sara Uilerning soʻzlariga koʻra, “kattaligi Ispaniyadek keladigan bu davlat, oʻzidan nur va ajib goʻzallikni taratib turadi. Zamonaviy Oʻzbekistonda Buyuk Ipak yoʻlining uch buyuk shahri (Buxoro, Xiva va Samarqand) va Tyan-Shan togʻ massivi joylashgan”.

Oʻzbekistondan tashqari ushbu roʻyxatga Argentina, Namibiya, Kuba, Turkiya, Moʻgʻuliston, Madagaskar, Peru, Maldiv, Malta, Laos, Botsvana, Janubiy Afrika, Chili, Polsha, Kolumbiya, Vengriya, Boliviya va Tanzaniya kabi davlatlar kiritilgan.

Nashrda taʼkidlanishicha, ushbu mamlakatlarda koronavirus bilan kasallanish holati aniqlanmagan, shu bilan birga, u yerlarda koʻrish mumkin boʻlgan joylar talaygina. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala