Volga darosida cho‘kayotgan amerikaliklarni qutqargan Jasurbek

Obuna bo‘lish
Jasurbek Volgogradga kelganiga 3-yil bo‘lgan. Bu yerda do‘stlari ko‘p bo‘lsada, haligacha o‘zini mehmon deb ataydi.

TOShKENT, 5 mar – Sputnik. O‘zbekistonlik talaba Volga darosida cho‘kayotgan ikki nafar amerikalikni qutqarib qoldi. Shundan so‘ng hamma uni qahramon deb chaqiradi, u bo‘lsa uyalib kulib qo‘yadi xolos, deb xabar qilmoqda mahalliy “Volgograd onlayn”.

Avtobusi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda haydovchi va chiptachi bir insonni o‘limdan qutqardi

O‘zbekistonlik 22 yoshli talaba Jasurbek Rajabov Volgograd Agrar universitetida qutqaruvchi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olmoqda.

- Voqea o‘tgan yil amaliyot vaqtida sodir bo‘lgandi. Kuratorimiz bizlarning har birimizga qirg‘oq bo‘yidan hudud ajratib berib navbatchilik qilishni tayinladi. Men o‘zimga ajaratilgan joyda edim, biroz o‘tib "yordam beringlar" degan chaqiriqni eshitdim, - deb hikoya qiladi Jasurbek, - Darhol ular tomon suza boshladim. Cho‘kayotganlar ota va bola edi. Bola 7 yoshlar chamasi, suzishni umuman bilmas ekan, otasi ham suvda zo‘rg‘a o‘zini ushlab turgandi. Ular qirg‘oqdan uzoqlashib suv osti chuqurligiga duch kelishgan.  

Men dastlab bolani suvdan olib chiqdim. Chiqish vaqti bola boshimga mahkam yopishpib oldi, men unga “bunday qilma, meni qo‘yib yuborsang, qirg‘oqqacha suzib yeta olaman dedim”. Keyin otasiga ham suvdan chiqishga yordam berdim, - deydi qutqaruvchi.

Keyin ma’lum bo‘lishicha ota-bolalar amerikaning Filadelfiya shtatidan kelgan mehmonlar ekan. Jasurbek hech kimga hech narsa aytmasada gruppadoshlari uni televizorda ko‘rib “qahramon” deb atay boshlagan. Jasurbekka “Suvda cho‘kayotganlarni qutqargani uchun” medali taqdim etilgan.

Volk - Sputnik O‘zbekiston
Ayol erini bo‘ridan qutqardi - Issiq-ko‘ldagi hodisa

OAV va odamlarning ortiqcha diqqat e’tiboridan Jasurbek o‘zinin noqulay his qilayotgani sezilib turadi. Buning sababi bir ozdan keyin ma’lum bo‘ldi. - Haqiqiy erakak kishi botirligi uchun o‘zinin maqtamaydi. Buni menga bolaligimdan otam o‘rgatgan, deydi Jasurbek.   

Jasurbek Volgogradga kelganiga 3-yil bo‘lgan. Bu yerda do‘stlari ko‘p bo‘lsada, haligacha o‘zini mehmon deb ataydi.

O‘zbekistonlik talaba aytishiga qaraganda, O‘zbekistonda u tug‘ilib o‘sgan shaharda hamma bir biriga yordam berishga tayor, uning o‘rnida boshqa odam bo‘lganda ham shunday yo‘l tutgan bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0