“Afrosiyob” poyezdiga chiqishga qulaylik yaratildi

© AO "Uzbekiston temir yullari"Posadka na poyezd bez raspechatki elektronnix biletov
Posadka na poyezd bez raspechatki elektronnix biletov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Elektron chiptani rasmiylashtirgan yo‘lovchilarga endi uni A-4 formatida chop etish zarurati qolmadi. Yangi tizim ishga tushirildi.

TOShKENT, 11 mar — Sputnik. “O‘ztemiryo‘lovchi” AJ elektron chiptalarni zamonaviy texnologiyalar QR-kod orqali tekshiruvchi maxsus moslamalarni sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, ayni damda yangi moslamalar Toshkent-Markaziy” vokzalida “Afrosiyob” poyezdlarining birida sinovdan o‘tkazilmoqda.

“Elektron chiptani rasmiylashtirgan yo‘lovchilarga endi uni A-4 formatida chop etish zarurati yo‘q, ya’ni elektron chiptani smartfon yoki planshetlarda taqdim etishning o‘zi kifoya”, - deyilgan xabarda.

Nazorat-o‘tkazish punkti xodimlari hamda vagon kuzatuvchilari elektron chiptaning haqiqiyligini maxsus moslama bilan tekshiradi, keyin esa yo‘lovchi chipta bo‘yicha o‘z joyini egallashi mumkin bo‘ladi.

Butun O‘zbekiston bo‘ylab temir yo‘l stansiyalarida validatorlar o‘rnatish rejalashtirilmoqda

Keyinchalik tizim barcha vokzallarda joriy etilishi rejalashtirilgan. Sinov ishlari mart oyining oxirigacha davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston poyezdlarida "kichik internet" ishga tushishi haqida xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0