Pentagon AQSH Afgʻonistondagi qoʻshinlari sonini qisqartirishni boshlaganini tasdiqlamoqda.
Maʼlum qilinishicha, Afgʻonistondagi Amerika qurolli kuchlar sonini 135 kun ichida 8,6 minggacha qisqartirish boshlangan. Bu AQSH va Afgʻoniston Islom Respublikasi qoʻshma deklaratsiyasi hamda AQSH va “Tolibon”* bitimiga binoan amalga oshirilmoqda.
Pentagonning aniqlik kiritishicha, ushbu qoʻshinlarni olib chiqish muayyan shartlarga asoslangan.
Taʼkidlanishicha, AQSH avvalgidek qator terrorchilik tashkilot, jumladan, ID*ga qarshi amaliyot oʻtkazishda davom etadi. Shuningdek, Afgʻoniston xavfsilik kuchlariga koʻmak berishni davom ettiradi.
Sputnik radiosi efirida “Afgʻoniston faxriylari Rossiya ittifoqi” markaziy boshqaruv raisi oʻrinbosari, zaxiradagi polkovnik, yozuvchi Vladimir Koshelev ushbu bayonot yuzasidan izoh berdi.
“Vashington, Pentagon va Amerika Qoʻshma Shtatlari rahnamolari bir necha marta Afgʻonistondan qoʻshinlarni olib chiqib ketish haqida maʼlum qilishgan edi. Bu yerda ham unchalik ishonish qiyin. Shuning uchun men oʻylaymanki, yakuniy olib chiqib ketish boʻlmaydi. U yerda albatta Amerikaning muayyan bazalari qoladi, qurolli kuchlar tarkibiga kirmaydigan xususiy harbiy kompaniyalarning muayyan kuchlari albatta qoladi. Ushbu vaziyatda boshqa narsani kutmayman”, - dedi Vladimir Koshelev.
* Rossiyada va bir qator boshqa mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari.