TOSHKENT, 11 mar - Sputnik. Joriy yilning 11 mart kuni Samarqanddagi chorrahalarning birida 3 avtomashina ishtirokida YTH yuz berdi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati maʼlum qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, avval "Kaptiva" "GAZ-330232" rusumli avtomashina bilan toʻqnashgan.
Natijada "GAZ-330232" harakatlanib, yoʻlning qatnov qismi chetida toʻxtab turgan "VAZ-2107" avtomashinasiga borib urilishi natijasida yoni bilan agʻdarilib tushgan.
Yoʻl-transport xodisasi oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, shikastlangan avtomashinalar jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Hozirda hodisa yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.