O‘zbekistonda barcha daraxtlar ID-kartalar bilan belgilanadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPark v Tashkente
Park v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi mamlakatdagi barcha daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish, ularni ID-kartalar bilan belgilash tashabbusi bilan chiqdi.

TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Shavkat Abdurazakov  mamlakatdagi barcha daraxtlarni  ID-kartalar bilan belgilash taklifi bildirdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.

Shavkat Abdurazakov OAV vakillari, jamoat tashkilotlari hamda blogerlar bilan uchrashgan. Unda daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun mas’uliyatni, jarimalar miqdorini oshirish, huquqbuzar shaxslarga nisbatan qat’iy jazo choralarini belgilash prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri ekanligi ta’kidlangan.

Kesish qat’iyan ta’qiqlangan daraxtlar ro‘yxati e’lon qilindi

“Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi mamlakatimizdagi barcha daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish, ularni ID-kartalar bilan belgilash hamda ularga mas’ullarni aniqlab berish tashabbusi bilan chiqdi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, jarayon murakkab bo‘lsa-da, uni amalga oshirish dolzarbdir. Mazkur tadbir uchun qo‘mita tizimidagi 300 ta inspektorning jalb etiladi. Shuningdek, unda barcha istak bildirgan OAV vakillari, blogerlar ishtirok etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev atrof-muhitni asrash va chiqindilarni boshqarish tartibini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan edi. Unda mutasaddilarga aniq topshiriqlar bergan edi.

Yakkasaroyda daraxtlarni kesganlardan 1,8 mlrd so‘mdan ziyod moddiy zarar undirildi

Ma’lumot uchun, prezidentning tegishli Farmoni bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga 2019-yil 1-noyabrdan 2020-yil 31-dekabrgacha moratoriy joriy etilgan.

Tabiiy omillar, kasalliklar ta’sirida shikastlangan, odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solayotgan daraxtlarni kesish va qirqish qonun hujjatlarida belgilangan tartibga rioya qilingan holda faqat tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0