Siyosat

Tojikistonda oʻzbek-tojik harbiylari “terrorchilarni yakson qilishadi”

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaPodrazdeleniya spetsnaza Voorujennыx sil Tadjikistana i Uzbekistana provedut ucheniya na poligone "Faxrabad"
Podrazdeleniya spetsnaza Voorujennыx sil Tadjikistana i Uzbekistana  provedut ucheniya na poligone Faxrabad  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Mashgʻulotlar davomida ikki davlat chegarasini buzib oʻtgan shartli terrorchi guruhlarni zirhli texnika, artilleriya, aviatsiya va oʻqotar qurollar yordamida yakson qilinishi rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Tojikistonning Xatlon viloyatidagi “Faxrobod” dala-oʻquv maydonida “Hamdoʻstlik – 2020” oʻzbek-tojik oʻquv mashgʻulotining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Marosimda soʻz olganlar har ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi sabab mamlakatlar oʻrtasidagi doʻstona aloqalarning tobora mustahkamlanib borayotgani harbiy hamkorliklarga ham katta yoʻl ochib bergani taʼkidlashdi. Hamkorlikda oʻtkazilayotgan ushbu oʻquvlar shubhasiz, qoʻshni davlat harbiylarining bir-birini yaxshi anglashiga xizmat qiladi.

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaPodrazdeleniya spetsnaza Voorujennыx sil Tadjikistana i Uzbekistana provedut ucheniya na poligone "Faxrabad"
Tojikistonda oʻzbek-tojik harbiylari “terrorchilarni yakson qilishadi” - Sputnik Oʻzbekiston
Podrazdeleniya spetsnaza Voorujennыx sil Tadjikistana i Uzbekistana provedut ucheniya na poligone "Faxrabad"

Taʼkidlanishicha, harbiylar mashgʻulotlar davomida ikki davlat chegarasini buzib oʻtgan shartli terrorchi guruhlarni zirhli texnika, artilleriya, aviatsiya va oʻqotar qurollar yordamida yakson qilishni rejalashtirishgan.

Mazkur oʻquv mashgʻuloti har ikki davlat mudofa kuchlarining jangovarligini oshirish, ularning tajriba almashishlari, bir-birini yaxshi anglashlari maqsadida Oʻzbekiston va Tojikiston Mudofaa vazirliklarining maxsus kuchlari hamkorligida tashkil etilgan.

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaPodrazdeleniya spetsnaza Voorujennыx sil Tadjikistana i Uzbekistana provedut ucheniya na poligone "Faxrabad"
Tojikistonda oʻzbek-tojik harbiylari “terrorchilarni yakson qilishadi” - Sputnik Oʻzbekiston
Podrazdeleniya spetsnaza Voorujennыx sil Tadjikistana i Uzbekistana provedut ucheniya na poligone "Faxrabad"

Bundan avval oʻzbek-tojik harbiylarining ilk qoʻshma mashgʻuloti 2018 yilda imzolangan harbiy hamkorlikdan soʻng oʻsha yilning sentyabr oyida Tojikistonning “Chorux-Dayron” oʻquv markazi bazasi hamda “Nurafshon” poligonida tashkil etilgan.   

Yangiliklar lentasi
0