Toshkentda "tungi kapalaklar" xizmat ko‘rsatuvchi massaj saloni fosh etildi

CC0 / pixabay / Jenshini v metro
Jenshini v metro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Go‘zallik salonida kosmetologiya va oddiy massaj xizmatlaridan tashqari, erkak mehmonlarga jinsiy xizmatlar ham ko‘rsatilgan.

TOShKENT, 13 mar - Sputnik. Toshkentda "tungi kapalaklar" xizmat qiladigan "massaj" salonlari faoliyati fosh etildi, deb xabar beradi ShIIB.

"11 mart kuni Shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimlariga saytlardan birida Sevara ismli qiz massaj bahonasida pul evaziga intim xizmat ko‘rsatayotgani haqida xabar kelib tushdi. Ko‘rilgan choralar davomida bu qiz aniqlanib hibsga olindi", - deyiladi xabarda.

Qo‘lga olingan shaxs haqiqatan ham saytga telefon raqami bilan reklama joylashtirganini tasdiqladi. Unga nisbatan 190-moddaga muvofiq ("Fohishalik bilan shug‘ullanish") tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Jenshini v metro - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda ikki kechada 74 nafar “tungi kapalaklar” va 4 nafar erkak qo‘lga olindi

Saytda o‘z e’lonlarini joylashtirgan ikkinchi qizga nisbatan ham xuddi shunday choralar ko‘rildi.

Bundan tashqari, ma’lum bo‘ldiki Chilonzor tumani hududida kosmetologiya va oddiy massaj xizmatlaridan tashqari, go‘zallik salonida erkaklarga intim xizmatlar ham ko‘rsatilmoqda.

Ko‘rilgan choralar davomida massajchi sifatida ishlayotgan qiz massaj salonida intim xizmat ko‘rsatish uchun 100000 so‘m mablag‘ olayotganida qo‘lga olingan.

Ushbu fakt bo‘yicha tuzilgan materiallar Chilonzor tumani ichki ishlar bo‘limiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi.

Yangiliklar lentasi
0