Turizm

Oʻzbekiston Rossiyadan sayyohlarni jalb qilmoqchi

© Mejdunarodnыy press-klubGlava gosudarstvennogo komiteta po turizmu Aziz Abduxakimov
Glava gosudarstvennogo komiteta po turizmu Aziz Abduxakimov - Sputnik Oʻzbekiston
Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi Xitoyga safarini bekor qilgan sayyohlarni Oʻzbekistonga jalb qilishni rejalashtirmoqda.

TOSHKENT, 12 mar – Sputnik. Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi koronavirus tufayli Xitoyga safarini bekor qilgan rossiyalik sayyohlarni Oʻzbekistonga jalb qilmoqchi. Bu haqida qoʻmita raisi Aziz Abduhakimov xabar qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

“Biz hozir Rossiyadan Xitoy va boshqa mamlakatlarga sayyohat qilgan turistlar oqimlarini oʻrganmoqdamiz. Biz ularga Oʻzbekistonga kelishni taklif qilmoqdamiz. Ular bilan aloqaga chiqmoqdamiz, turoperatorlarimiz ishlayapti”, - dedi Abduhakimov Gazeta.uz nashriga.

Qoʻmita rahbari soʻzlariga koʻra, ular nafaqat Moskva va Sankt-Peterburgdan balkim Sibir shaharalari Tyumen, Surgut, Krasnoyarsk va Novosibirskdan ham sayyohlarni jalb qilishni rejalashtirishgan.

Bosh vazir oʻrinbosari aytishiga qaraganda, Oʻzbekiston arzon “Pobeda” loukoster aviakompaniyasi parvozlarini yoʻlga qoʻyish imkoniyatini oʻrganmoqda. Shuningdek, Samarqanddan Sankt-Peterburgga, Buxorodan Qozonga parvozlar yoʻlga qoʻyish rejalashtirilayotganini va Oʻzbekiston Havo yoʻllari parvozlariga 20%gacha chegirma eʼlon qilinishi rejalashtirilayotganini xabar qildi.

Mejdunarodnыy aeroport Simferopol - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Viruslar kelib ketaveradi, sayohatlar qoladi – Rosturizm

“Yaqin haftalar ichida Markaziy Osiyo, Rossiya va Ozarbayjon turkompaniyalari rahbarlari sammitini oʻtkazishni rejalashtirmoqdamiz. Unda mahalliy turizmni rivojlantirish, ushbu mamlakatlarda epidemiya ustidan nazorat oʻrnatilgani va uning xavfi yoʻqligi haqida soʻz yuritiladi”, - dedi Abduhakimov.

Eslatib oʻtamiz, COVID-19 koronavirusi tarqalishi munosabati bilan Oʻzbekiston 1 fevraldan boshlab Xitoy, Eron, Italiya, Janubiy Koreya va Yaponiya bilan parvozlarini bekor qilgan edi.

Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi xabariga koʻra, oʻtgan yilda Oʻzbekistonga  6,75 million kishi kelgan. Ulardan 455 mingi – Rossiyadan.

JSST 11 mart kuni koronavirus tarqalishini dunyo miqyosidagi pandemiya deb eʼlon qildi. Bugungi kunda COVID-19 bilan dunyoning 100dan ortiq mamalkatlarida 120 mingga yaqin kishi kasallangan, qurbonlar soni 4 mingdan oshgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala