Moskva masjidlarida juma vaʼzi vaqti qisqartiriladi

© Sputnik / Aleksandr VilfPrazdnovaniye Kurban-Bayrama v Moskve
Prazdnovaniye Kurban-Bayrama v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bundan tashqari, diniy yetakchilar musulmonlarni diniy boshqarmalar va Moskva hukumati tavsiyalariga quloq tutishga chaqirishgan. Shuningdek, dindorlar shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishlari va oʻz salomatliklari borasida qaygʻurishlari lozimligi eslatib oʻtilgan

TOSHKENT, 13 mar – Sputnik. Moskva masjidlarida kollektiv namoz odatiy tartibda oʻtkazilmoqda, ammo koronavirus profilaktikasi davrida juma vaʼzi vaqti qisqartiriladi, deb xabar qildi RIA Novostiga Moskva muftiysi Ildar Alyautdinov.

Prazdnovaniye Uraza-bayrama v Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tataristonda imomlarga koronavirus tufayli namozni qisqartirish tavsiya qilindi

"Moskvadagi jamoat joylarida va masjidlarda barcha tadbirlar odatiy tartibda oʻtkazilmoqda: namozlar va vaʼzlar bekor qilingani yoʻq. Ammo biz juma vaʼzlari davomiyligini qisqartirishga qaror qildik. Bundan tashqari, juma namozi vaqtida dindorlarni masjidda uzoq qolib ketmaslikka, bir joyda toʻplanib qolmaslikka chaqirdik. Ular faqat juma namozi va vaʼziga kelishlari kerak", - dedi muftiy Alyautdinov.

Bundan tashqari, diniy yetakchilar musulmonlarni diniy boshqarmalar va Moskva hukumati tavsiyalariga quloq tutishga chaqirishgan. Shuningdek, dindorlar shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishlari va oʻz salomatliklari borasida qaygʻurishlari lozimligi eslatib oʻtilgan.

"Ular namoz uchun masjidga kelishlari shart emas. Agar inson betob boʻlsa, uning juma vaʼziga kelishi majburiy hisoblanmaydi, shu bois u uyida namoz oʻqishi mumkin", - deb xulosa qildi muftiy.

Moskva meri Sergey Sobyanin 5 mart koronavirus infektsiyasi tarqalishi xavfi tufayli yuqori tayyorgarlik rejimini joriy etish boʻyicha qarorni imzoladi. Hujjatda aytilishicha, koronavirus boʻyicha vaziyat nomaqbul boʻlgan davlatlardan kelgan fuqarolar, RFga kelgan kundan boshlab 14 kun davomida uy sharoitida oʻz-oʻzlarini izolyatsiyada saqlaganlari maʼqul. Shuningdek, 10 mart sanasidan Moskvada 5 mingdan ziyod kishi toʻplanadigan ommaviy tadbirlarga taqiq qoʻyilgan. Ushbu taqiq vaqtinchalik hisoblanib, 10 aprel sanasigacha amal qiladi.

Yangiliklar lentasi
0