Mahkumlarning pensiyasi ularning shaxsiy hisobvaraqlariga tushadi

© Sputnik / Maksim BlinovZaklyuchennie v kolonii
Zaklyuchennie v kolonii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Hukumatning 2020-yil 12-martdagi 145-sonli qarori bilan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Zaklyuchenniy ispravitelnoy kolonii vo vremya raboti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qancha mahkum pensiya olayotgani ma’lum bo‘ldi  

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlash (qayta hisoblash, tiklash, pensiyaning bir turidan boshqa turiga  o‘tkazish) to‘g‘risidagi ariza bevosita manzil-koloniya joylashgan yerdagi  Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.

Bunda, mazkur shaxslarga pensiya to‘lovi Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan manzil-koloniya ma’muriyati orqali mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga naqd pulsiz o‘tkazib beriladi.

Yangiliklar lentasi
0