Dunyoda

Rossiyada koronavirusni yuqtirganlar soni 93 nafarga yetdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishBolnitsa v Kommunarke dlya patsiyentov s podozreniyem na koronavirus
Bolnitsa v Kommunarke dlya patsiyentov s podozreniyem na koronavirus  - Sputnik Oʻzbekiston
Taʼkidlanishicha, Rossiyada qayd etilgan holatlardan 86 tasi olib kirilgan, qolganlari muloqot orqali yuqtirilgan holatlar.

TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Rossiyada yangi turdagi koronavirus bilan xastalangan 93 nafar bemor qayd etildi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Tatyana Golikova bergan maʼlumotlarga asoslanib xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, ulardan 86 tasi olib kirilgan holat, qolganlari muloqot orqali yuqtirilgan holatlardir.

Posolstvo Uzbekistana v Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston elchixonasi Rossiyadagi fuqarolarga murojaat qildi

Golikovaning aniqlik kiritishicha, 4 nafar bemor tuzalib ketgan, 79 nafari esa davolanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistoning Rossiyadagi elchixonasi Rossiya hududidagi fuqarolarga murojaat qilib, muhim tavsiyalarga amal qilishni soʻragan edi. 2020-yil 16-mart holatiga koʻra Rossiyada yangi infektsiya bilan kasallanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari qayd etilmagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala