Uzbekistan Airways 17-mart kuni Moskvadan Toshkentga charter reysni amalga oshiradi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaBoing 767-300 aviakompanii Uzbekistan Airways
Boing 767-300 aviakompanii Uzbekistan Airways  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompaniya xabarida yozilishicha, Toshkentdan reys soat 10:00 da, Moskvadan esa mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da amalga oshiriladi.

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020-yil 17-mart kuni Toshkent—Moskva—Toshkent yo‘nalishida chet el fuqarolarini Moskvaga olib borish va O‘zbekiston fuqarolarini Moskvadan Toshkentga olib kelish uchun parvozlarni amalga oshiradi.

Kompaniya xabarida yozilishicha, Toshkentdan reys soat 10:00 da, Moskvadan esa mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da amalga oshiriladi.

Vstrecha passajirov, pribivshix iz Kitaya, v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston xorijda qolib ketgan fuqarolariga charter reyslar bilan qaytishida ko‘maklashadi

“Tushunmovchiliklarni bartaraf etish uchun biz birinchi navbatda 16, 17-mart kunlari bekor qilingan qatnovlarning yo‘lovchilari qabul qilinishini ma’lum qilamiz”, - deyilgan xabarda.

Ushbu reys bilan Toshkentga kelgan yo‘lovchilar vaqtincha karantinga joylashtiriladi.

Shu munosabat bilan mazkur reys yo‘lovchilarining qarindoshlaridan ularni kutib olish uchun Toshkent shahridagi aeroportga kelmaslik so‘ralgan.

Yo‘lovchilarning vaqtincha karantinda turishi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligiga +99871 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkinligi eslatib o‘tilgan.

Yangiliklar lentasi
0