Mutaxassislar ovqatlanishning immunitetga ta’siri haqida

© CC0 / strecosa Blyuda na shvedskom stole
Blyuda na shvedskom stole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mutaxassislar koronavirusga chalinmaslik uchun immunitetning kuchli bo‘lishini nazarda tutadi. Ko‘pincha immunitetning keskin pasayishi stress, vahima, zo‘riqish va noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘ladi.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik.  Mutaxassislar immunitetning tushishi va oshishida inson amal qilishi lozim bo‘lgan bir qancha tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi. 

Meropriyatiya po predotvrasheniyu rasprostraneniya koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Epidemiya bilan bog‘liq vaziyatda ko‘ngillilar xayriya ishlariga hissa qo‘shishmoqda

Ularning ta’kidlashicha, tez-tez stress holatiga tushish, ovqatlanish tartibiga to‘g‘ri rioya etmaslik, doimiy uyqusizlik, uzoq vaqt oftobda bo‘lish, haddan tashqari ko‘p vaqt davomida jismoniy ish yoki o‘tiradigan turmush tarzi immunitetga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, zararli odatlardan - chekish, alkogol, giyohvandlik moddalari   iste’moli  ham immuninetni tushirib yuboradi.

Immunitetning kuchli bo‘lishi  esa bevosita ichakning to‘g‘ri ishlashi bilan bog‘liq: unda immunitet tizimi "hujayralari" ning 80 foizi mavjud.

Qolaversa, inson iste’mol qiladigan har qanday mahsulot  immunitetni  kuchaytirishi yoki zaiflashtirishi mumkin.  Bunda to‘g‘ri ovqatlanish, darmondorilarga boy meva-sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir.

Letuchaya mish – netopir-karlik. - Sputnik O‘zbekiston
Biolog koronavirus pandemiyasi qachon tugashi mumkinligini aytdi

Bifidobakteriyalar va laktobakteriyalarni o‘z ichiga olgan qatiq, yogurt mahsulotlari zararli mikroorganizmlarga qarshi ichaklar bilan birgalikda kurashadi va patogen mikroblarga qarshi asosiy himoya to‘sig‘ini yaratadi.

Ko‘p miqdordagi shirinliklar nafaqat tishlarga zarar yetkazadi  balki, oshqozon osti bezini shikastlantiradi va insonning diabetga chalinishiga sabab bo‘ladi.

Qandning ortiqcha iste’mol qilinishi  esa immunitet tizimini susaytiradi, infeksiyalarga qarshi kurashadigan antitelalar faolligini pasaytiradi.

Antibiotiklarni nazoratsiz iste’mol qilish ham immunitet tizimiga foyda keltirmaydi. Bu butunlay ulardan voz kechish  kerak, degani emas. Asosiysi, o‘zini-o‘zi davolanishdan qochib, faqat shifokor tavsiyasi bilan dorilar qabul qilish kerak.  

Tez charchash, surunkali charchoq, uyquchanlik yoki uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, mushaklar va bo‘g‘imlarda  og‘riq bo‘lsa, mutaxassisga murojaat qilish zarur. Bu belgilar   immunitet pasayganidan dalolat beradi. 

Yangiliklar lentasi
0