Jamiyat

Mutaxassis ishlatilgan niqoblarni nima qilish kerakligini tushuntirdi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishTkanevыe maski shirokogo naznacheniya
Tkanevыe maski shirokogo naznacheniya - Sputnik Oʻzbekiston
Ijtimoiy tarmoqlarda bir odam ishlatilgan niqoblarni axlat qutilaridan yigʻayotgani tasvirlangan video qizgʻin muhokamaga sabab boʻldi.

TOSHKENT. 24 mar – Sputnik. Oʻzbekiston Vazirlar mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov ishlatilgan tibbiy niqoblarni qanday yoʻqotish kerakligini tushuntirib berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir odam ishlatilgan niqoblarni axlat qutilaridan yigʻayotgani tasvirlangan video tarqalgandan soʻng, ulardan foydalanishdan keyin bir marta ishlatiladigan niqoblarni qanday yoʻq qilish masalasi dolzarb boʻlib qolmoqda.

“Dokadan qilingan niqoblarni yoki tibbiy niqoblarni iloji boʻlsa, bir marta ishlatgach, yoʻqotish kerak. Yoqib yuborish yoki buning iloji boʻlmasa, kesib, butunlay yaroqsiz holga keltirish kerak”, - deydi mutaxassis.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 25 martdan jamoat joylarida niqobsiz boʻlgan shaxslarni jarimaga tortish boshlanadi.

Ushbu qoidabuzarlik uchun BHMning bir barobari (223 ming soʻm), mazkur holat yana qaytariladiganida BHMning uch barobari miqdorida (669 ming soʻm) jarima solish belgilanmoqda.

Shu bilan birga, tibbiy niqoblar tibbiy buyumlar roʻyxatidan chiqarildi. Endi ularni ishlab chiqarish va sotish uchun litsenziya va davlat roʻyxatidan oʻtish shart emas. Shuningdek, tibbiy niqoblar qoʻshimcha qiymat soligʻidan ham ozod qilindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala