Jamiyat

Karantinga olingan shaxsning telefoni nima uchun olib qoʻyiladi – vazirlik izohi

© PixabayMobilnыy telefon v ruke
Mobilnыy telefon v ruke - Sputnik Oʻzbekiston
Adliya vazirligi karantinga olingan shaxsning telefoni nima uchun olib qoʻyilishini tushuntirdi. Uchta asosli sabab koʻrsatilgan.

TOSHKENT, 25 mar - Sputnik. Oʻzbekiston Adliya vazirligi nima sababdan barcha mobil moslamalar, shu jumladan, mobil telefonlar, bank kartalari va boshqa maʼlumot tashuvchi vositalari karantinga joylashtirilgan odamlardan olib qoʻyilishini tushuntirdi.

Respublika adliya vazirining oʻrinbosari Xudoyor Meliyevning soʻzlariga koʻra, buning uchta sababi bor.

“Birinchidan, virusologlarning fikriga koʻra, ushbu buyumlar infektsiyani oʻzlarida ushlab turish va uni yuqtirish qobiliyatiga ega, shuning uchun ularni karantin zonasiga kiritish sanitariya talablariga ziddir. Axir, infektsiya qogʻoz va plastmassa yuzasida eng uzoq vaqt - besh kungacha saqlanib turadi", - dedi u. Ikkinchidan, shu kunlarda hukumatning qarori bilan tasdiqlangan Nizomda, vaqtincha olib qoʻyilgan buyumlar yordamida bu shaxs bilan aloqada boʻlganlarni va inkubatsiya davrida u tashrif buyurgan joylarni aniqlash uchun foydalanish mumkinligi koʻrsatib oʻtilgan”.

Usileniye sanitarno-karantinnogo kontrolya v aeroportax - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirus mobil telefon orqali ham yuqadi - Almatov

Vazir oʻrinbosari, masalan, Rossiyada mobil telefonlarning GPS funktsiyasidan foydalanib, karantin ostidagi shaxs tashrif buyurgan joylar boʻyicha tahlil oʻtkaziladi va olingan maʼlumotlar u bilan toʻqnashishi mumkin boʻlgan odamlar doirasini aniqlash uchun ishlatilishini taʼkidlab oʻtdi.

“Baʼzi hollarda karantindagi fuqarolar ular bilan aloqada boʻlgan odamlar haqidagi maʼlumotlarni yashirishadi yoki unutishadi. Bunga virus aniqlagan “1-sonli kasallangan”misoldir”, - dedi vazir oʻrinbosari.

“Uchinchidan, ushbu cheklov shaxslarning shaxsiy maʼlumotlarini tarqatmaslik uchun yordam beradi”, - dedi Meliyev.

U ijtimoiy tarmoqlarda karantin joylaridan olingan videotasvirlar paydo boʻlishiga va koʻplab postlarda COVID-19 ga qarshi kurash choralari, chet eldan qaytib kelgan fuqarolarni ushlab turish shartlari toʻgʻrisida asossiz va buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar joylashtirilganiga eʼtibor qaratdi.

Vspыshka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal novыy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Koronavirusni pul va uyali telefon orqali yuqtirish mumkin – olimlar

“Shu bilan birga, koʻpincha ushbu muassasalarga joylashtirilgan shaxslarga nisbatan qonun bilan belgilangan shaxsiy maʼlumotlarning cheklanishiga amal qilinmayapti. Qonunchilikka koʻra, shaxslarning shaxsiy maʼlumotlari maxfiy maʼlumotlar sirasiga kiradi”, - deb eslatadi adliya vazirining oʻrinbosari.

Buzilgan maʼlumotlar va faqat subektiv baholashlar aholi oʻrtasida vahima va mish-mishlar paydo boʻlishiga hamda asossiz qarorlar qabul qilinishiga olib keladi, dedi u.

"Vaqtincha olib qoʻyilgan buyumlar kasalxonadan chiqqanidan keyin egalariga qaytariladi yoki uning qarindoshlari va vakillariga topshiriladi", - deya ishontirdi Meliyev. - Ogʻir kunlarda, butun Oʻzbekiston, butun halq koronavirus bilan kurashayotgan damda, koʻrilayotgan qatʼiy choralar zarur".

Kompyuternoye izobrajeniye, sozdannoye kompaniyey Nexus Science Communication sovmestno s Triniti kolledjem v Dubline, pokazыvayet model, strukturno predstavlyayuщuyu betakoronavirus, kotorыy yavlyayetsya tipom virusa, svyazannogo s COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Koronavirus turli buyumlar ustida necha soat hayot kechira oladi?

Eslatib oʻtamiz, mamlakatda birinchi marotaba COVID-19 koronavirusi Frantsiyadan qaytib kelgan mamlakat fuqarosida aniqlangan. 25 mart kuni ushbu kasallikka chalinganlar soni 56 taga yetdi, ularning toʻrttasining ahvoli ogʻir. Besh kishi esa tuzalmoqda.

Hozirda 20 mingdan ortiq oʻzbekistonlik karantindad. Ularning baʼzilari kasalxonalarda, qolganlari uylarida izolyatsiyada.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 438 mingdan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, 19 mingdan ziyodi vafot etgan. Tuzalib ketganlar qariyb 109 ming kishini tashkil etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala