Jamiyat

Oʻzbekistonda yana besh kishida koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDezinfektsiya mashin vyezjayuщix v Tashkent
Dezinfektsiya mashin vyezjayuщix v Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu infektsiya Saudiya Arabistonida Umra safarida boʻlib qaytgan fargʻonalik bemorning turmush oʻrtogʻi, ikki nafar farzandi va kelinida aniqlangan.

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni yana beshtaga oshdi. Hozirda ularning bemorlarning soni 65 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Zdaniye ministerstva zdravooxraneniya Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
SSV: Koronavirus aniqlanganlar orasida mamlakatning turli hududidan boʻlgan fuqarolar bor

Ushbu infektsiya Saudiya Arabistonida Umra safarida boʻlib qaytgan fargʻonalik bemorning turmush oʻrtogʻi, ikki nafar farzandi va kelinida aniqlangan. Ular ayni vaqtda Fargʻonadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Yana bir bemor Toshkent viloyatidan boʻlib, ayni paytda u Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq vazirlik Oʻzbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar orasida mamlakatning turli hududlaridan boʻlgan fuqarolar borligini maʼlum qilgan edi.  Shuningdek, bemorlarning 2 nafari Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ulardan biri Saudiya Arabistonida Umra safarida boʻlib qaytgach, unda koronavirus infektsiyasi aniqlangan. Barcha bemorlar Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga koʻra, belgilangan standartlar asosida davolanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala