O‘zbekiston iqtisodi uchun antivirus

Obuna bo‘lish
Koronavirus epidemiyasining iqtisodiy oqibatlarini kamaytirish uchun O‘zbekistonda umumiy miqdori 10 trln. so‘m bo‘lgan maxsus fond tashkil qilindi.

Sir emaski koronavirus epidemiyasi tufayli iqtisodning ko‘plab sohalari keskin qisqarib ketmoqda. O‘zbekiston hukumati ushbu sohalarga yordam berish va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator chorlar ko‘rishni rejalashtirgan. 

Xususan, Respublikada umumiy miqdori 10 trln. so‘m bo‘lgan krizisga qarshi kurash fondi tashkil qilingan. Undan tashqari xususiy sektor aylanma mablag‘larini ta’minlash uchun 30 trln. so‘m kredit liniyasini ochish rejalashtirilgan. 

Shuningdek, barcha soliq to‘lovchilar va kredit foizlarinp to‘lash 3-6 oygacha "ta’til" berilgan. Xo‘jalik subyektlari uchun tashqi savdo debitorlik qarzlari, soliq qarzlari bo‘yicha jarimalar bekor qilingan, tadbirkorlarni tekshirish ta’qiqlangan. 

Karantinga joylashtirilgan fuqarolar ish joylarini va o‘rtacha maoshlarini saqlab qolish kafolati berilgan. Shuningdek, karantinga olinganbolalar ota-onalarini ishdan bo‘shatishga ta’qiq qo‘yilgan. 

Homilador ayollar, yoshi katta hamda surunkali kasalikka chalingan fuqarolar uchun masofadan turib ishlashga sharoit yaratish choralari belgilangan. 

Koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar, epidemiologlar va boshqa tibbiy mutaxassislar kunlik maoshiga 6 % miqdorida qo‘shima to‘lov kiritish belgilangan. Ushbu va boshqa chorlar haqida infografikamizda batafsil tanishing. 

Yangiliklar lentasi
0