TOSHKENT, 27 mar — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infektsiyasiga chalingan qizning oʻz joniga qasd qilganligi haqidagi xabarga raddiya berildi.
Internetdagi shubhali manbalardan biri sal oldin oʻzbekistonlik 19 yosh yashar qizning koronavirus karantini tufayli oʻz joniga qasd qilganligi toʻgʻrisida maʼlumot tarqatgan.
Rasmiy manbalar ushbu xabarning notoʻgʻriligini maʼlum qilmoqda.
Aholi oʻrtasida vahima tarqalishiga sabab boʻladigan yolgʻon axborotlar tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Oʻzbekistonda vahima tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud. Ushbu huquqbuzarlik 44,6 mln soʻmdan 89,3 mln soʻmgacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.
Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan maʼlumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66,9 mln soʻmdan 89,2 mln soʻmgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.