Dunyoda

BSST Tojikistonda koronavirus mutlaqo yoʻqligini tan oldi

© AFP 2022 / Douglas MagnoZaщitnыe kostyumы
Zaщitnыe kostyumы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Dunyo boʻylab koronavirus holati qayd etilmagan mamlakat deyarli qolmadi. BSST vakili Tojikistonda koronavirus holati yoʻqligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 1 apr — Sputnik. Tojikistondagi Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (BSST) vakili Galina Perfilyeva mamlakatda koronavirus yoʻqligini rasmiy ravishda maʼlum qildi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.  

Festival Tadjikskiy atlas i adras 2020 vo dvortse Arbob - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Nima uchun Tojikistonda koronavirus yoʻq – asosiy versiyalar

Perfilyeva gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilish zarurligini taʼkidlab, aholi gavjum joylarga bormaslikni soʻradi.

“Bugungi kungacha, rasmiy statistik maʼlumotlarga koʻra, PTSR-test oʻtkazadigan laboratoriya bilan yaqindan hamkorlikda ishlayotganimiz sababli, Tojikistonda COVID-19 (koronavirus) bilan kasallanishning bironta “ijobiy” holati qayd etilmagan”, - dedi Perfilyeva.

U ayni vaqtda butun dunyo koronavirus bilan keskin kurash olib borayotgani, virus qayd etilmagan mamlakat deyarli qolmaganini alohida taʼkidladi.

JSST vakilining soʻzlariga koʻra, hozircha Tojikiston va Turkmaniston virus hujum qila olmagan ikkita davlatdir. Tojikistonda 700 tadan ortiq test oʻtkazilib, kasallik qayd etilmadi. Mamlakatda test-tizimlarning yetarli miqdorda zaxirasi borligi, kasallik alomatlari boʻlgan kishilar faqat testdan oʻtkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0