Oʻzbekistonda 1 apreldan "samoizolyatsiya" hayot tarzi joriy etiladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKarantinnaya zona na 10 tыsyach chelovek stroitsya v Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti
Karantinnaya zona na 10 tыsyach chelovek stroitsya v Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Endilikda Oʻzbekistonda 65 yoshdan yuqori boʻlgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qatʼiyan man etiladi.

TOSHKENT, 1 apr - Sputnik. Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq joriy yilning 1 aprelidan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida “oʻzini yakkalash” (samo izolyatsiya) hayot tarzi joriy etiladi.

Brigada skoroy meditsinskoy pomoщi dostavila patsiyenta s podozreniyem na koronavirus v bolnitsu v Kommunarke - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirus pandemiyasi qachon pasayadi - Xitoy yetakchi epidemiologi prognozi

65 yoshdan yuqori boʻlgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qatʼiyan man etiladi.

Zarurat boʻlgan taqdirdagina yaqin atrofdagi dorixona, oziq-ovqat va birinchi galdagi tovarlar doʻkoniga chiqishga ruxsat etiladi.

Komissiya qaroriga koʻra, yakka tartibdagi xayriya aktsiyalari davomida COVID-19 virusining yanada keng tarqalish xavfi juda yuqori. Mazkur jarayonda yakka tartibdagi xayriya aktsiyalarini joriy yilning 1 aprelidan eʼtiboran vaqtincha toʻxtatiladi.

Xayriya tadbirlar quyidagi markazlashgan tartibda amalga oshiriladi:

👉 Toshkent shahrida Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi Oʻzekspomarkaz Milliy koʻrgazma majmuasi tarkibidagi pavilonda tashkil etiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida shunday mexanizm joriy etiladi;

👉 Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlimlari joylardagi ehtiyojmand oilalar, yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami haqidagi maʼlumotni hududiy tegishliligi boʻyicha Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga taqdim etadi;

Karantin - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistondagi karantin qachon tugaydi?

👉 jismoniy va yuridik shaxslarning begʻaraz yordamlari Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari orqali santitar-gigiyenik talablarga muvofiqligi koʻrikdan oʻtkazilib, karantin talablariga qaʼtiy rioya etilgan holda (maxsus kiyim bosh va shahsiy himoya vositalari bilan taʼminlangan holda) ehtiyojmandlarga yetkazib beriladi;

👉 aholining yordamga muhtoj qatlamiga xayriya yordamlarini shaxsan yetkazish istagida boʻlgan nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari hamda sahovatpesha insonlar va koʻngilli (volontyor) lar ushbu xayriya tadbirlarida yaqindan hamkorlik qilish va jarayonda qatnashishga taklif etiladi;

👉 ehtiyojmand oilalarga berilgan xayriya yordamlari haqidagi maʼlumotlar jamoatchilikka mentazam yetkazib boriladi.

❗️Pul koʻrinishidagi mablagʻlarni “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga oʻtkazish tavsiya qilinadi.

Ushbu tartibga katʼiy amal qilinishi talab etiladi.

Yangiliklar lentasi
0