Migratsiya

"Pul yoʻq": patent toʻlovini vaqtincha bekor qilish boʻyicha hukumatga murojaat yoʻllandi

© Administratsiya NamanganaVernuvshiyesya iz Latvii i Irana uzbekistantsы otpravilis domoy posle karantina
Vernuvshiyesya iz Latvii i Irana uzbekistantsы otpravilis domoy posle karantina - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirus infektsiyasi tarqalishi tufayli karantin choralar joriy etilgandan soʻng Rossiyada mehnat qilayotgan migrantlar juda qiyin vaziyatga tushdilar.

TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Rossiya migrantlar federatsiyasi prezidenti Vadim Kojenov karantin choralar davrida mehnat patent toʻlovlarini bekor qilish toʻgʻrisida bosh vazir Mixail Mishustinga video murojaat tayyorladi.

Kojenov oʻz murojaatida, koronavirus infektsiyasi tarqalishi tufayli karantin choralar joriy etilgandan soʻng Rossiyada mehnat qilayotgan migrantlar juda qiyin vaziyatga tushganini bildirdi: ishsiz haftalar va oʻzini izolyatsiya qilish rejimi tufayli koʻplab migrantlar ishsiz qoldi, chegaralar yopilgani sababli vatanlariga qayta olishmayapti. Migrantlarda pullar tugamoqda, agar  ish boʻlmasa, patent toʻlovini toʻlay olishmaydi.

Kojenov barcha migrantlar nomidan bir yoki uch oyga "patent toʻlovini toʻlashdan taʼtil"ni joriy etish tashabbusi bilan chiqdi.  

Xorijiy fuqarolar Rossiya hukumatidan murakkab vaqtda ularni qoʻllab-quvvatlashini soʻramoqdalar.

Videorolikka ishsiz qolgan migrantlarning murojaatlarini qoʻshib, ilova qilingan. 

Chet ellik fuqarolar hisobida har yili davlat byudjetiga 60 mlrd rubl mablagʻ kelib tushadi.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya IIV koronavirus tarqalishi tufayli xorijiy fuqarolar 2020 yil 1 martda mamlakatda vaqtinchalik boʻlish muddatini hech qanday muammosiz choʻzdirish imkoniyati taqdim etildi.

Buning uchun migrantlar oʻzlari boʻlgan joyga eng yaqin Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlimiga tegishli ariza bilan murojaat qilishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala