Jamiyat

Sogʻlom odamlarga niqob shart emas – BSST

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishProdaja meditsinskix masok v aptekax
Prodaja meditsinskix masok v aptekax - Sputnik Oʻzbekiston
BSST vakilining soʻzlariga koʻra, sogʻlom odamlar niqob taqishi talab etilmaydi va niqob oʻzi COVID-19’dan himoyani kafolatlamaydi.

TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Sogʻlom odamlar niqob taqishi talab etilmaydi va niqob oʻzi COVID-19’dan himoyani kafolatlamaydi.

Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Prezidentlar maxsus niqoblari - foto

Bu haqda RIA Novosti’ga Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (BSST) rasmiy vakili Tarik Yazarevich.

“Pozitsiyamiz oʻzgargani yoʻq. Sogʻlom odamlar niqob taqish shart emas. Kimda kasallik alomatlari boʻlsa ular boshqalarni himoya qilish uchun niqob taqishlari shart. Shuningdek, bemorlarga qarayotgan kishilar, masalan, uyda niqob taqishi kerak, chunki ular kasallik yuqtirib olishi mumkin”, - dedi u.

BSST vakili soʻzlariga koʻra, “niqob oʻzi virusdan himoya qilish uchun kafolat boʻla olmaydi“.

“Niqob boshqa choralar bilan qoʻllanishi kerak. Muammo shundaki, odamlar niqob taqqanda xavfsizlikka ega boʻlishi haqida yolgʻon fikrga keladi. Ular qoʻlni yuvish kabi boshqa narsalarni unutishadi. Bundan tashqari, niqobni toʻgʻri taqishni bilmasangiz, odatdagidan koʻra, yuzingizga tegish ehtimoli koʻproq boʻladi”, - dedi Yazarevich.

Mutaxassis taʼkidlashicha, dunyodagi shifokor va tibbiyot mutaxassislari, birinchi navbatda, barcha zarur himoya vositalariga yetarli miqdorda ega boʻlishi kerak: niqoblar, himoya koʻzoynaklari va qoʻlqoplar. Bunga faqat fuqarolar tomonidan bu materiallarni ommaviy sotib olishni cheklash orqali erishish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala