Dunyoda

Tramp Moskva va Ar-Riyodga neft qazib olishda imtiyoz vaʼda bermaganini aytdi

© AP Photo/Evan VucciPrezident SSHA Donald Tramp i naslednыy prints Saudovskoy Aravii Muxammed ben Salman vo vremya vstrechi v Belom dome v Vashingtone
Prezident SSHA Donald Tramp i naslednыy prints Saudovskoy Aravii Muxammed ben Salman vo vremya vstrechi v Belom dome v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston
"Bu Rossiya uchun ham, Saudiya Arabistoni uchun ham juda yaxshi boʻlardi. Umid qilamanki, ular ushbu bitimni tuzishadi - bu ular menga aytganlari... Umid qilamanki, bu yaqin orada amalga oshadi, umid qilamanki, ular buni tez orada eʼlon qilishadi", - dedi u

TOSHKENT, 3 apr - Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya va Saudiya Arabistoni rahbariyati bilan neft narxlari borasidagi muloqotda Qoʻshma Shtatlar tomonidan qazib olishni qisqartirish shaklida boʻladigan ehtimoliy imtiyozlarni muhokama qilmaganligini aytdi. RIA Novosti xabari asosida.

Prezident Kitaya Si Tszinpin na voyennom parade v chest 70-letiya obrazovaniya KNR v Pekine  - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Xitoy Rossiyaga neft urushida yordam beradi

Shu bilan birga, Tramp, Rossiya va Saudiya Arabistoni yaqin orada jahon bozorlaridagi vaziyatni yaxshilash uchun neft qazib olish boʻyicha bitim tuzishi mumkinligini aytdi.

"Bu Rossiya uchun ham, Saudiya Arabistoni uchun ham juda yaxshi boʻlardi. Umid qilamanki, ular ushbu bitimni tuzishadi - bu ular menga aytganlari... Umid qilamanki, bu yaqin orada amalga oshadi, umid qilamanki, ular buni tez orada eʼlon qilishadi", - dedi u.

Avvalroq, Tramp Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan jahon energetika bozoridagi vaziyatni muhokama qilganini aytgan edi. Xususan, u ushbu mamlakat bilan bir qatorda Rossiya ham ishlab chiqarish hajmini kuniga 10 million barrelga kamaytirishi mumkinligini taxmin qildi, 20 daqiqadan soʻng esa u 15 million barrel hajm haqida gapirdi.

Payshanba kuni maʼlum boʻlishicha, Saudiya Arabistoni OPEK+ kelishuvida ishtirok etuvchi davlatlar va boshqa davlatlarni "adolatli kelishuvga erishish va neft bozorlarida muvozanatni tiklash maqsadida" shoshilinch yigʻilish oʻtkazishga chaqirdi.

Dobыcha nefti - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Ekspert: neft boʻyicha muzokaralardan hammadan koʻproq Tramp manfaatdor

Jahon neft bozoridagi vaziyat

Mart oyining boshidan beri koronavirus pandemiyasi sharoitida talabning pasayishi tufayli va OPEK+ kelishuvining tugatilishi fonida bozor neft narxlari deyarli ikki baravar pasaygan. 6 mart kuni alyans ishtirokchi davlatlari bitim parametrlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida kelisha olmadilar va uni uzaytirish imkoni boʻlmadi.

Rossiya mavjud shartlarni saqlab qolishni talab qilgan, Saudiya Arabistoni esa qazib olishni yanada pasaytirmoqchi edi. Natijada, 1 apreldan boshlab sobiq ittifoq mamlakatlarida neft qazib olish boʻyicha cheklovlar olib tashlandi.

OPEK+ muzokaralari muvaffaqiyatsiz tugaganidan soʻng, ommaviy axborot vositalari ishlab chiqaruvchilar orasida narxlar urushi boshlanganligi haqida yozishni boshladilar. Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni yetkazib berish hajmini kuniga 12,3 million barrelga yetkazishini eʼlon qildi, bu uning kunlik ishlab chiqarish quvvatidan 300 ming barrelga koʻpdir. Ar-Riyod ushbu koʻrsatkichga zaxiralar orqali erishishi mumkin edi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning taʼkidlashicha, Rossiya va Saudiya Arabistoni narxlar boʻyicha urush oʻtkazmayapti, ammo dunyodagi vaziyat noqulay.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala