Oʻzbekistonda koronavirus bilan bemorlanganlar soni 240 dan oshdi

© Sputnik / Pavel Kononov / Mediabankka oʻtishSotrudnik laboratorii vыpolnyayet analizы na koronavirus
Sotrudnik laboratorii vыpolnyayet analizы na koronavirus - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ayni vaqtgacha Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxslar soni 14 taga oshib, 241 nafarni tashkil etmoqda.

TOSHKENT, 4 apr - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxslar soni 14 taga oshib, 241 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Toshkentdagi Ekspomarkazda homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi oʻz ish faoliyatini boshladi. - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Beminnat yordam: Toshkentdagi xayriya yordam markazi qanday ishlamoqda

Sal oldin Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boshligʻi Nurmat Atabekov koronavirusga chalingan bemorlarning 4 nafari ogʻir ahvolda, ekanligini maʼlum qilgandi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda COVID-19 bilan bemorlanganlik boʻyicha ilk holat 14 mart kuni Frantsiyadan qaytib kelgan toshkentlik ayolda aniqlangan edi. Mamlakatda shu vaqtga qadar bemorlarning 25 nafari sogʻaydi, ikkitasi vafot etdi.

Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi koronavirus infektsiyasi -  COVID-19 tarqalishini pandemiya, deb eʼlon qilgan edi. 3 aprel soat 09.30 holatiga dunyoning 204 davlatida jami 1 015 877 nafar bemorlarda koronavirus infektsiyasi aniqlangan. Ulardan 212 992 nafari sogʻaygan, 53 217 nafari vafot etgan, 37 654 nafar bemorlar ogʻir ahvolda qolmoqda.

Yangiliklar lentasi
0